13:22 / 11.04.2022
35536
Sigirlar orasidagi raketa, xarobalar ostidan yaqinlarini izlayotgan ukrainlar. Urush suratlari

10 aprel kuni BMT Ukrainada urush boshlanganidan buyon tinch aholi vakillaridan 1793 kishi, jumladan 142 bola halok bo‘lganini tasdiqladi. Ukraina qurolli kuchlari ma’lumotiga ko‘ra, Rossiya armiyasi Izyum rayoni hududidagi mudofaa chizig‘ini yorib o‘tishga, Mariupol ustidan to‘liq nazorat o‘rnatishga va Nikolayev yo‘nalishidagi qismlarning taktik holatini yaxshilashga harakat qilmoqda. Volodimir Zelenskiy Rossiya bosqini boshlanganidan buyon qo‘liga qurol olib, vatan himoyasiga otlanishga tayyor bo‘lgan 363 nafar mahkumni afv etgan.

Politsiyachilar Kiyev oblasti Buzovaya posyolkasidagi yonilg‘i quyish shoxobchasidagi quduqdan erkak kishi jasadini chiqarib olmoqda. Hudud rahbarining aytishicha, u rossiyalik askarlar tomonidan o‘ldirilgan.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETA

Ukrainadagi urushning 46-kunidagi asosiy ma’lumotlar:

  • Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy har kunlik videomurojaatida mamlakat sharqida Rossiya tomonidan keng ko‘lamli harbiy harakatlar kutilayotganini ma’lum qildi.
  • Kiyev oblastidagi Buzovaya posyolkasida o‘nlab tinch aholi vakillari ko‘milgan yana bir birodarlik qabristoni topildi.
  • Rossiyaning Ukrainaga qarshi tajovuzidan keyin, Finlandiya va Shvetsiya yozdayoq NATO safiga kirishni rejalashtirmoqda. Britaniya nashrlari yozishicha, agar bu rejalar amalga oshsa, Finlandiya NATO a’zolari orasida Rossiya bilan eng uzun chegaralarga ega davlatga aylanadi (1340 km), bu chegara chizig‘i Sankt-Peterburgdan 200 km masofadan o‘tadi.
  • Ukraina tomoni Rossiya armiyasida haydovchilar va mexaniklar tanqisligi yuzaga kelganini aytmoqda.
  • Xarkov hamon qamalda qolmoqda, Mariupolda rossiyalik harbiylar «Azovstal» va dengiz portini shturm qilishda davom etmoqda.
Xarkovdagi vayron bo‘lgan besh qavatli uy.
Sergey Bobok / AFP / Scanpix / LETA
Kiyevlik qiz shahar atrofida.
Oleg Petrasyuk / EPA / Scanpix / LETA
Lukashovka qishlog‘idagi yaylovda sigir portlamay qolgan raketaga qaramoqda.
Anastasia Vlasova / Getty Images
Sapyorlar Kiyev oblastidagi Motijin qishlog‘i hududida topilgan snaryadlarni portlatishmoqda.
Mykola Tymchenko / Reuters / Scanpix / LETA
Luganskdagi front chizig‘ida ukrain artilleriyachisi «Grad» baravar o‘t ochish tizimini zarba berishga tayyorlamoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Ukrainaning «Grad» baravar o‘t ochish tizimi rossiyaliklarning Luganskdagi pozitsiyasini o‘qqa tutmoqda.
Anatolii Stepanov / AFP / Scanpix / LETA
Pervomayskdagi Rossiya gaubitsalari, LXR.
Gavriil Grigorov / TASS
Borodyankalik ayol turar joy xarobalari ostidan o‘g‘lini qidirmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Boshqa bir ona o‘g‘lining tanasi quduqdan chiqarib olinishini kutmoqda. Foto: Reuters
Xarkov o‘qqa tutilishi oqibatida shikastlangan ko‘plab binolardan biri. Foto: Reuters
Ukrainaliklar Polsha bilan chegarani kesib o‘tmoqda. Foto: Reuters
Kiyev yaqinidagi Makarov shaharchasidagi cherkov. Ukraina hukumati ma’lumotlariga ko‘ra, urush boshidan buyon kamida 59 ta diniy obektlar, ularning aksari — pravoslav cherkovlari, vayron bo‘lgan yoki jiddiy shikastlangan.
Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA
Xarkov aholisi. Foto: Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Nikolayevda o‘qqa tutilgan hukumat binosi ko‘rinishi. REUTERS/Ueslei Marcelino
Borodyankada Rossiya armiyasi zarbalari oqibatida qizi va kuyovi o‘ldirilgan 77 yoshli Mariya. REUTERS/Gleb Garanich
26 yoshli Sergey Laxovskiy Buchada rus askarlari tomonidan o‘ldirilgan do‘stining qabri oldida. REUTERS/Alkis Konstantinidis

 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top