22:31 / 11.04.2022
15087
Vengriya Rossiya gazi uchun to‘lovni rublda amalga oshirishi ma’lum qilindi

Mamlakat tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Vengriya Rossiya nefti va gaziga bog‘liq ekanligini ta’kidladi.

Foto: Reuters

Vengriya tashqi ishlar vaziri Peter Siyyarto Budapesht Rossiya gazi uchun rublda to‘lov qilishini aytdi, deb xabar berdi Reuters.

"Bizda hech qanday sanksiyani buzmaydigan, ammo shu bilan bir vaqtda Vengriyani gaz bilan ta’minlaydigan qaror mavjud", — deya uning so‘zlaridan iqtibos keltirgan agentlik.

Xabar qilinishicha, Budapesht ushbu rejani amalga oshirish uchun Vengriyaning MVM energetika guruhi shu’ba kompaniyasi bo‘lgan CEE Energy kompaniyasidan foydalanmoqchi. Kompaniya pulni yevroda o‘tkazadi, Gazprombank esa ushbu mablag‘ni rublga konvertatsiya qilib, "Gazprom eksport"ga o‘tkazadi.

Shuningdek, Siyyarto Vengriya Rossiya nefti va gaziga bog‘liq ekanligini ta’kidladi. 

31 mart kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin “nodo‘st davlatlar”ga tabiiy gaz faqat rublda sotilishi ko‘zda tutilgan farmonni imzolagandi.

Farmonda aytilishicha, Rossiyadan gaz sotib olishni istagan G‘arb davlatlari Rossiya banklarida hisobraqami ochishi kerak.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top