12:00 / 12.04.2022
3553
Greencode Lazer: shtansformalar, qoliplar tayyorlash borasida yetakchi
Foto: Greencode Lazer

Har qanday mahsulotni sotib olganda ilk e’tiborimizni uning qadog‘i tortadi. Bu qadoqlar qanday yaratilishi haqida bilamizmi?

O‘zbekiston qadoqlash sanoatida yetakchi bo‘lgan Greencode Lazer korxonasi asoschilari Nurmat Xudanov va Jo‘rabek Sultonov kompaniya faoliyati va xizmat turlari haqida ma’lumot berishdi.

Shtansforma va kesuvchi qoliplar

“Greencode Lazer” ta’sischilaridan Nurmat Xudanov mamlakatimizda zamonaviy uskunalarning ishlashi va ushbu ishlab chiqarish istiqbollari haqida so‘zlab berdi.

O‘zbekistonda keng turdagi iste’mol tovarlari: oziq-ovqat va maishiy texnikadan tortib, qurilish materiallari va kanselyariya tovarlarigacha ishlab chiqarish hajmi oshmoqda. Shu munosabat bilan mamlakatimizda qadoqlash idishlariga talab ortib bormoqda. Greencode Lazer matbaa mahsulotlari va qadoqlash uchun shtansformalar ishlab chiqarishda 8 yillik tajribaga ega.

Shtansforma nima va u bizga nega kerak?

 

Shtansforma –qutilar, yorliqlarni kesish uchun ishlatiladigan qoliplardir.

Greencode Lazer har xil turdagi shtansformalar, pichoqlar ishlab chiqaradi. Ular asosan poligrafiya sanoatida qutilar, yorliqlar va stikerlar ko‘rinishidagi turli xil qog‘oz va plastik  materiallaridan ma’lum bir shakldagi seriyali mahsulotlarni kesish uchun ishlatiladi. 

Kesuvchi qoliplar barcha turdagi qadoqlash mahsulotlarini ishlab chiqarishda ham ishlatiladi. Qolip shakli tayyor bo‘ladigan mahsulotning barcha jihatlarini hisobga olgan holda aniq nusxa ko‘chiradi.

Korxonaning zamonaviy asbob-uskunalari turli xil shtamplar, jumladan, eng murakkab turdagi shtamplarni ham ishlab chiqaradi. Xodimlarning professionalligi va tajribasi tufayli Greencode Lazer mahsulotlari har doim yuqori sifatda taqdim etilmoqda. Ishlab chiqarilgan qirquvchi qoliplar kontur aniqligi va murakkab konfiguratsiya uchun qat’iy talablarga javob beradi.

Korxonada quyidagi shtamplar tayyorlanadi:

  • Tekis shtansformalar
  • Rotatsion shtansformalar
  • Plastik paketlar uchun shtamplar
  • Flekso pichoqlar
  • Oyoq kiyimlar uchun pichoqlar
  • Plastik qutilar uchun shtamplar
  • Qog‘oz qoldiqlarini tushirish uchun moslama (Stripping)

U qanday ishlaydi va qanday materiallar ishlatiladi?

Mahsulotlar qirquvchi qoliplarda bosim bilan kesiladi. Ularning asosiy toifasiga quyidagilar kiradi: rulonli tegirmonlar, tigel, to‘xtash silindrli, gidravlik va aylanadigan. Ishlash prinsipiga ko‘ra, ular qo‘lda (kichik hajmdagi mahsulotlar uchun), yarim avtomatik va avtomatik presslarga bo‘linadi.

Qog‘oz, karton, gofrokarton va plastmassa kabi materiallar turli qutilarga, yorliqlarga, konvertlarga yoki hatto sumkalarga kesiladi. Shtansformalar yordamida kesiladigan boshqa mahsulotlar ham bor. Masalan penopolistirol qutilar ham shular jumlasidan. Bunda mahsulotning tag qismi uning qalinligini hisobga olgan holda bir nechta qismlardan iborat bo‘ladi.

Asosiy turdagi shtansformalar qalinligi 18 mm bo‘lgan faner asosdan iborat. Unda quti shaklida kesma amalga oshiriladi, pichoqlar o‘rnatiladi: kesuvchi – kontur bo‘ylab, bukish – ichkarida. Kesishdan keyin mahsulotni olish oson bo‘lishi uchun, pichoqlar bo‘ylab ejyektor rezina o‘rnatiladi.

Charm yoki boshqa turdagi poyafzallarga qoliplar faner asossiz ishlab chiqariladi. Bunda qalinligi 2–2,5 mm va balandligi 32 mm yoki 36 mm bo‘lgan kesuvchi pichoqlar ishlatiladi. Pichoqlarning uchlari bir-biriga payvandlanadi. Turli xil vazifalar uchun turli xil pichoqlar mavjud. Misol uchun, o‘zi yopishadigan etiketkalarni kesish uchun MDF yoki plastmassaga asoslangan 8–12 mm balandlikdagi pichoq ishlatiladi.

“Shuningdek, biz tekis shtansformalarga qaraganda 10 baravar samarali rotatsion shtansformalarni ham ishlab chiqaramiz. Bizda aylana fanerlar (o‘zimizda ishlab chiqarilgan), rotatsion fanerlarni kesish uchun dastgohlar mavjud, – deydi korxona ta’sischisi Nurmat Xudanov.

Greencode Lazer faoliyatiga qancha bo‘ldi va kimlar tomonidan amalga oshirilmoqda?

 

Greencode Lazer asoschilaridan ikki nafari “Umid” dasturi asosida AQSh va Germaniya universitetlarini tamomlagan. Yana ikki nafari turk litseylarida tahsil olib, Toshkentdagi moliya va yuridik institutlarni tamomlagan.

Muassislar Nurmat Xudanov va Jo‘rabek Sultonov uzoq vaqt davomida davlat tashkilotlari va ishlab chiqarish korxonalarida ishlab, faoliyat yuritish va tadbirkorlik faoliyati asoslarini hamda tegishli me’yoriy-huquqiy hujjatlarni puxta o‘rganishdi. Nurmat Xudanovning aytishicha, 2013 yilda ular birgalikda shtansformalar va suvenirlar ishlab chiqarish bo‘yicha o‘z bizneslarini ochishga qaror qilishgan:

“Biz bu qarorga kelgunimizcha ancha fursat o‘tdi. Avvaliga psixologik to‘siqlardan o‘tish kerak edi. Biz 20 dan ortiq biznes yo‘nalishlarini o‘rganib chiqdik. Nihoyat lazerli stanoklarda to‘xtadik. Menga har doim texnologiya yoqqani sababli, bu eng yaxshi variant, deb qaror qildik”, — dedi Nurmat Xudanov.

Jo‘rabek Sultonovning so‘zlariga ko‘ra, tadbirkorlar dastlabki 4 yil mobaynida bu biznesdan umuman foyda ko‘rishmagan, faqat o‘z xarajatlarini qoplashgan xolos:

“Biz shtansformalar ishlab chiqarishni Turkiya va Xitoyga borib o‘rgandik. 2014 yilda o‘z xizmatlarimizni taklif qila boshladik. Dastlabki 4 yil davomida biz faqat xarajatlarimizni qoplash uchun ishladik. Biznesimiz faqatgina 2018 yilga kelib foyda keltirishni boshladi. Bu ishimizning o‘ziga xos xususiyatlari bilan bog‘liq. Bu yerda har bir buyurtma noyob va faqat bitta nusxada. Butun boshli tirajlarni qirqish uchun faqat bitta shtansforma kerak bo‘ladi. Biz ularni avvaldan tayyorlab qo‘yib, zaxirada saqlamaymiz, balki faqat buyurtma asosida ishlab chiqaramiz. 2018 yilda biz ishlab chiqarishni kengaytirdik va 1000 Vt quvvatga ega lazer mashinasi va boshqa qo‘shimcha mashinalarni bo‘lib to‘lash asosida xarid qildik. Bu bizga shtansformalar tayyorlash jarayonini tezlashtirishga yordam berdi”, –—deydi u.

Raqobat va takliflar

 

Greencode Lazer mavjud shtansformalar tayyorlaydigan kompaniyalar bilan sog‘lom raqobatni yo‘lga qo‘ygan va yillar davomida o‘z o‘rnini yo‘qotmadi. Bunga kompaniya narxlarni tushirish bilan emas, sifatli va qisqa muddatlarni, qo‘shimcha xizmatlarni, yangi turdagi shtansformalarni taklif qilish bilan erishmoqda. Narxlarni pasaytirish ish sifatiga salbiy ta’sir qilishi, xodimlarga motivatsiya berish uchun ularga yaxshi maosh to‘lash lozimligi barchaga ayon.

 Shuning uchun kompaniya:

• shtansformalarni respublika bo‘ylab bepul yetkazib berish;

• mijozning yoniga borib hujjat rasmiylashtirish;

• shtansformalarni yetkazishda xavfsizlik kafolati;

• haqiqiy quti dizaynlarini ishlab chiqish;

• pichoqlarga qo‘shimcha ishlov berish;

• turli xil pichoqlarning keng assortimentini yo‘lga qo‘yish orqali mijozlar ishonchini oqlamoqda.

Ko‘pchilik uchun qaror qabul qilishda narx asosiy mezon emas, mijozlar yaxshi xizmat uchun munosib narxni to‘g‘ri anglashadi. Shu sababli kompaniya doimiy ravishda yangi mashinalar va xodimlarni o‘qitishga sarmoya kiritadi, kompaniyada oliy ma’lumotli va o‘z ishining ustasi bo‘lgan dizaynerlar faoliyat yuritishadi.

Xodimlar va mijozlarga xizmat ko‘rsatish

 

Hozirda kompaniyada 30 nafar xodim ishlaydi. Ular mijozga zudlik bilan shtansformalar zarur bo‘lganda tinimsiz mehnat qilib buyurtmani o‘z vaqtida yetkazib berishni ta’minlashga ulgurishadi. Kadrlar almashinuvi minimal va 5 foizdan oshmaydi. Shtansformalar tayyorlash jarayoni nihoyatda nozik va mas’uliyatli vazifa bo‘lib, qoliplarni tayyorlashda yuksak mahorat talab qilinadi. Shu sababdan ham bu yerda xodimlar yil sayin tajriba oshirib, o‘z ishining ustasiga aylanishadi. 

Kompaniya yaxshi xodim va yaxshi mijoz tamoyili asosida o‘z xodimlarini muntazam rag‘batlantirib yanada salohiyatli kadrga aylanishiga turtki beradi. Yaxshi mijozlar uchun esa o‘z biznesini yanada yorqinroq qilish uchun kreativ g‘oyalarni ayamaydi. Agar mijoz hali qadoqlash eskizini o‘ylab topmagan bo‘lsa, kompaniya o‘z g‘oyalarini taklif qilishi, maketni tayyorlashi va mijozga eng past narxda foydali variantni taqdim etishi mumkin. Katta tajribaga ega dizaynerlar va ishlab chiqarish ishchilari buni juda samarali va tez bajaradilar. Bu yerda ishlab chiqarish va dizaynerlar tandemi juda muhimdir. Chunki ustalar texnologik nyuanslarni yaxshiroq bilishadi. Dizayner juda chiroyli dizaynni chizishi mumkin, lekin ba’zida texnologik jihatlar tufayli chizmaga o‘zgartirishlar kiritishingiz kerak. Shuning uchun, tajribali poligrafiya korxonalari bosma dizaynni ishlab chiqishdan oldin biz bilan birga shtansforma chizmasini ishlab chiqadilar.

Biznesni rivojlantirish rejalari

Nurmat Xudanovning so‘zlariga ko‘ra, O‘zbekistonda hali hech kim ishlab chiqarmayotgan shtansformalar va shu yo‘nalishdagi mahsulotlar juda ko‘p. Masalan, egiluvchan magnitli shtansforma. Bu juda qimmat texnologiya bo‘lib, kesish sifati va tezligi juda yuqori.

Endilikda kompaniya rotatsion shtansformalarni avtomatik tarzda qayta ishlovchi yangi uskunalarni xarid qilish ustida ishlamoqda. Greencode Lazer allaqachon yarim avtomatik rejimda rotatsion shtansformalarni o‘zlashtirgan. Korxonada lazer va frezer stanoklar mavjud bo‘lib, ular dumaloq fanerlarni kesish uchun ishlatiladi. Bunday stanoklarni sotib olish kompaniyaga rotatsion shtansformalarni yanada samarali va tezroq ishlab chiqarish imkonini beradi.

Kompaniya O‘zbekistonda ishlab chiqarish va qadoqlash sanoatini rivojlantirishda o‘zining sezilarli o‘rniga ega. Greencode Lazer o‘z mahsulotlari va ish sifatini muntazam oshirib borish bilan poligrafiya sohasida yetakchilardan biri sanaladi. 

Greencode Lazer – shtansformalar, yorqin qadoq, tezkor va sifatli .

Biz muntazam rivojlanish yo‘lini tanlaganmiz. Maqsadimiz bir bo‘lsa, demak siz bilan yo‘llarimiz bir!

Bog‘lanish uchun telefon: +998 95 195 7544, +998 97 477 4027, +998 90 945 2242, +998 71 280 5280

Manzil: Toshkent shahri, Yakkasaroy tumani, Qushbegi ko‘chasi-6, 41-blok

Telegram: t.me/GreencodeLazer, t.me/greencode_chat_bot

Elektron manzil: info@greencode.uz

Facebook: facebook.com/greencodelazer/

Instagram: instagram.com/greencode.lazer/

Vebsayt: greencode.uz

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top