09:03 / 12.04.2022
1431

Navoiyda respublika ishchi guruhining sud-huquq sohasiga oid sayyor qabullari bo‘lib o‘tmoqda 

Navoiy viloyatida Oliy sud, Bosh prokuratura, IIV, Adliya hamda boshqa bir qator vazirlik va idoralar rahbarlaridan iborat ishchi guruhning sayyor qabullari boshlandi. Dastlabki qabul 11 aprel kuni Zarafshon shahrida o‘tkazildi.  

Foto: Navoiy viloyati sudi

Sayyor qabulda 67 nafar fuqaro sud-huquq sohasida murojaat qilgan. Qabul qilingan murojaatlarning 44 tasi jinoyat, 18 tasi fuqarolik, 4 tasi ma’muriy hamda 1 tasi esa iqtisodiy ishlar bo‘yicha sudlarga oid bo‘lgan. 

Murojaatlarning 29 tasi joyida hal etilib, 34 tasi bo‘yicha huquqiy tushuntirishlar berilgan. 4 ta murojaat bo‘yicha arizalar Oliy sud tomonidan kassatsiya tartibida hal qilish uchun qabul qilingan. Ta’kidlanishicha, ushbu murojaatlarning barchasi qanoatlantirilib, tegishli sudlov hay’atiga ko‘rib chiqish uchun o‘tkazildi.

Sayyor qabulda 3 nafar shaxs jazoni o‘tashdan muddatidan oldin ozod qilingan, 25 nafar mahkumning jazosi yengilrog‘iga almashtirilgan.  

Shuningdek, fuqarolik ishlari bo‘yicha sudlar tomonidan 10 nafar shaxsga nisbatan aliment undirish hamda 14 nafar shaxsga nisbatan ish haqini undirish yuzasidan sud buyrug‘i chiqarilib, ijroga qaratilgan. Iqtisodiy sudlar tomonidan esa 2 ta ish sud majlislarida ko‘rilib, tadbirkorlar foydasiga 4,9 mlrd so‘mlik da’vo talablari qanoatlantirilgan.  

Top