09:23 / 12.04.2022
9324
O‘zbekiston qoramol go‘shti importini oshirdi

Qoramol go‘shti importi qariyb 2 ming tonnaga oshgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning dastlabki ikki oyida O‘zbekistonga 7 ta davlatdan qiymati 26,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 5,9 ming tonna qoramol go‘shti import qilingan.

Qayd etilishicha, qoramol go‘shti importi o‘tgan yilning mos davri bilan solishtirilganda qariyb 2 ming tonnaga oshgan.

2022 yil yanvar-fevral oylarida O‘zbekiston eng ko‘p qoramol go‘shtini import qilgan davlatlar quyidagilar bo‘lib, umumiy qoramol go‘shti importi hajmining 93 foizi aynan ular hissasiga to‘g‘ri kelgan: 

  • Belarus – 4 ming tonna;
  • Qozog‘iston – 1,2 ming tonna;
  • Ukraina – 320 tonna.

Bundan oldin O‘zbekistonga 2021 yilda eng ko‘p import go‘sht Belarusdan olib kelingani xabar berilgandi.

Mavzuga oid
Top