17:12 / 12.04.2022
6073
Shri-lankaliklar oziq-ovqat tanqisligi sababli Hindistonga qochib o‘tmoqda – OAV 

Mahalliy hukumat Shri-Lankadan ko‘plab qochqinlar kirib kelishini kutmoqda.

Foto: Getty Images

Shri-Lanka aholisi mamlakatdagi oziq-ovqat va birinchi ehtiyoj mollari tanqisligi sababli Hindistonga qochib o‘tmoqda, deb xabar berdi IANS nashri.

Nashr ma’lumotlariga ko‘ra, yakshanba kuni Hindistonga 19 kishi o‘tgan, iqtisodiy qochqinlar soni 39 nafarga yetgan.

Qochqinlarning aytishlaricha, ular Hindistonga qayiqda suzib kelish haqini to‘lash uchun bor mol-mulklarini sotgan. Qochqinlar Tamil Nadu shtatidagi lagerga joylashtirilgan. 

Mahalliy hukumat Shri-Lankadan ko‘plab qochqinlar kirib kelishini kutmoqda, deb yozadi IANS. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Shri-Lanka 1948 yildan buyon kuzatilgan eng yomon iqtisodiy inqirozni boshdan kechirmoqda. Mamlakatga keladigan turistlar soni keskin kamaygani sababli kelib chiqqan xorijiy valuta taqchilligi inqirozga sabab bo‘ldi.

Mavzuga oid
Top