17:54 / 12.04.2022
12328
Xitoy suyultirilgan gaz sotib olishni keskin kamaytirdi

Xitoy o‘tgan yili eng yirik suyultirilgan gaz importyori bo‘lgan.

Foto: Reuters

Xitoy narxlar oshishi va lokdaunlar kiritilishi fonida suyultirilgan tabiiy gaz sotib olishni keskin kamaytirdi, deb yozadi Bloomberg.

Ma’lumot berilishicha, xarid hajmi birinchi chorakda 14 foizga pasaygan. Wood Mackenzie konsalting kompaniyasi Xitoyda gazga bo‘lgan talab 2026 yilgacha pasayish tendensiyasida bo‘lishini prognoz qilgan.

Xitoy o‘tgan yili eng yirik suyultirilgan gaz importyori bo‘lgan

Xalqaro energetika agentligining hisob-kitoblariga ko‘ra, Yevropada suyultirilgan gaz sotib olish hajmini 20 milliard kub metrgacha oshirish imkoniyati mavjud.

Mavzuga oid
Top