16:40 / 13.04.2022
15942
Eski haydovchilik guvohnomasini almashtirish muddati uzaytirildi

Hukumat qarori bilan eski haydovchilik guvohnomasini majburiy almashtirish muddati 1 yilga uzaytirildi. 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlarini 2023 yil 31 martgacha almashtirish kerak bo‘ladi.

Hukumat qarori bilan «Milliy haydovchilik guvohnomasining hamda avtomototransport vositasi ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomaning yangi namunalarini joriy etish chora-tadbirlari to‘g‘risida»gi qarorga o‘zgartirishlar kiritildi.

Kiritilgan qo‘shimchalarga muvofiq, eski namunadagi barcha milliy haydovchilik guvohnomalari va avtomototransport ro‘yxatdan o‘tkazilganligi to‘g‘risidagi guvohnomalarni majburiy almashtirish muddati quyidagicha uzaytirildi:

  • 2010 yilgacha bo‘lgan davrda berilganlari – 2023 yil 31 martgacha;
  • 2010 – 2012 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 iyungacha;
  • 2013 – 2015 yillarda berilganlari – 2023 yil 30 sentabrgacha;
  • 2015 yildan keyin berilganlari – 2023 yil 31 dekabrgacha.

Yuqoridagi muddatlargacha almashtirilmagan guvohnomalar haqiqiy emas deb hisoblanadi.

Top