11:54 / 13.04.2022
14905

Jizzaxda Lacetti yuk mashinasi tagiga kirib ketdi

Haydovchi voqea joyida vafot etgan, ikki nafar yo‘lovchi shifoxonada qolmoqda

Foto: IIV YHXBB Axborot xizmati

IIV YHXBBning xabar berishicha, 2022 yil 12 aprel kuni soat 21:30 larda M-39 Almati-Toshkent-Termiz xalqaro avtomobil yo‘lining Jizzax viloyati, Paxtakor tumani hududidan o‘tgan 962-kilometrida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

Toshkent-Samarqand yo‘nalishida harakatlanayotgan 1996 yilda tug‘ilgan I.B. boshqaruvidagi Lacetti mashinasi 1988 yilda tug‘ilgan A.U. boshqaruvida bo‘lgan HOWO rusumli yuk mashinasi bilan to‘qnashgan.

Oqibatda, Lacetti mashinasi haydovchisi I.B. og‘ir tan jarohatlari olib voqea joyida halok bo‘lgan. Ushbu mashinada bo‘lgan ikki nafar yo‘lovchi esa tan jarohatlari bilan shifoxonaga yotqizilgan.

Hodisa sabablarini Paxtakor tumani IIB tergov bo‘limi o‘rganmoqda.

Avvalroq Zomin tumanida sodir bo‘lgan YTHda 8 kishi, Qashqadaryoda Lacetti va Cobalt o‘zaro to‘qnashgani oqibatida 4 kishi halok bo‘lgandi. Shuningdek, Surxondaryoda uchta mashina ishtirokida sodir bo‘lgan YTHda Cobalt va uning yo‘lovchisi yonib ketgandi.

Mavzuga oid
Top