08:22 / 13.04.2022
5343
O‘zbekistonda doimiy aholi soni har kuni o‘rtacha 1,8 ming kishiga oshmoqda 

Respublikada doimiy aholi soni har kuni 1,8 ming kishiga oshmoqda. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Foto: Kun.uz

Qo‘mita axborotiga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikaning doimiy aholisi soni 35,4 million kishini tashkil etmoqda. 

Qayd etilishicha, yil boshidan buyon doimiy aholining o‘sish sur’ati 0,5 foizga oshgan.

Statistika qo‘mitasi ma’lumotlariga ko‘ra, mamlakat aholisi yil boshidan buyon har oyda o‘rtacha 54,2 ming kishiga ko‘paygan.

2022 yilning har bir kunida doimiy aholi soni o‘rtacha 1,8 ming kishiga ko‘paymoqda, deyiladi xabarda.

Bundan oldin hududlar bo‘yicha 1 kvadrat kilometr yer maydoniga qancha aholi to‘g‘ri kelishi aytilgandi.

Top