14:46 / 13.04.2022
9126
«O‘zdonmahsulot»ga yangi boshqaruv raisi tayinlandi

“O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruv raisi tayinlandi. Bu haqda kompaniya matbuot xizmati Kun.uz’ga xabar bermoqda.

Foto: O‘zdonmahsulot

“O‘zdonmahsulot” boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari sifatida ishlab kelgan Shuhrat Uzoqov kompaniya boshqaruv raisi lavozimida ish boshladi.

Shuhrat Uzoqov 1978 yilda tug‘ilgan. U “O‘zdonmahsulot” AK va uning tizim korxonalarida 2001 yildan boshlab turli lavozimlarda ishlagan, 2019 yildan buyon jamiyat boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritgan.

Avvalroq, Davlat soliq qo‘mitasi huzuridagi Kadastr agentligiga “O‘zdonmahsulot” aksiyadorlik kompaniyasi boshqaruvi raisi sifatida faoliyat yuritgan Farrux Po‘latov direktor etib tayinlangani xabar qilingandi.

Mavzuga oid
Top