07:41 / 13.04.2022
1946
Restavratorlar malakasini oshirish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatish tartibi tasdiqlandi
Foto: Kun.uz

Vazirlar Mahkamasining “Moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha davlat xizmatlari ko‘rsatishning ma’muriy reglamentini tasdiqlash to‘g‘risida”gi qarori qabul qilindi.

Turizm va madaniy meros vazirligi huzuridagi Madaniy meros agentligi moddiy madaniy merosning ko‘chmas mulk obektlari sohasida restavrator-ustalar malakasini oshirish va ularga malaka sertifikatini berish bo‘yicha vakolatli organ etib belgilandi.

Ma’muriy reglament quyidagilarni belgilaydi:

  • talabgorning malaka sertifikati olish uchun Davlat xizmatlari markazlari yoki YaIDXP orqali ariza va hujjatlar topshirish tartibi;
  • malaka oshirish kurslari va o‘quv jarayonini tashkil etish xususiyatlari, vazifalari va tartibi;
  • malaka oshirish kurslari tinglovchilarini attestatsiyadan o‘tkazish va baholash;
  • malaka oshirish kurslarini moliyalashtirish tartibi.

Restavrator-ustalar malakasi har uch yilda oshirib boriladi.

Top