09:00 / 13.04.2022
6740
Sizga ishonchli isitish tizimi va zamonaviy isitish qozoni kerakmi?

Bahor kelishi bilan ta’mirlar mavsumi boshlanadi, ko‘plab iste’molchilar isitish tizimini yaxshilash, zamonaviy va tejamkor isitish qozonini tanlash haqida o‘ylay boshlaydilar. O‘zbekistondagi Viessmann rasmiy vakolatxonasining boshqaruvchi direktori Baxtiyor Saburov ishonchli jihozni qanday tanlash va uni xarid qilishda nimaga e’tibor berish kerakligi haqida ma’lumotlar berdi.

Baxtiyor Saburov / Foto: Viessmann

Viessmann kompaniyasi isitish qozonlari, bug‘ generatorlari, utilizator-qozonlar, kondensatsion qozonlari, issiqlik nasoslari, quyosh kollektorlari va boshqa jihozlar ishlab chiqarish sohasida jahon yetakchisi sanaladi. Viessmann har bir ishlab chiqarilgan jihozda aks etgan haqiqiy nemis sifati tufayli butun dunyoga dong taratgan. Viessmann mahsuloti O‘zbekistonda 2004 yildan beri rasman taqdim etiladi.

Bugungi kunda bozorda isitish tizimlarining ko‘plab yangi rusumlari taqdim etilmoqda. Bunday jihoz sotib olishda nimaga e’tibor berish kerak?

– Isitish qozonlarini sotib olishda energiya tashuvchilar yildan yilga qimmatlashib borayotganini yodda tutish muhim – bu jarayonni ortga qaytarib bo‘lmaydi. Isitish jihozini sotib olish esa, boshqa har qanday jihoz xaridi kabi, bir martalik investitsiya sanaladi, u gaz, elektr kabi foydalanish xarajatlarini tejash orqali o‘zini oqlaydi. Kelgusidagi ishga tayyorlik va tejamkorlik Loyihaning sifati va texnik xizmat ko‘rsatishning muntazam yo‘lga qo‘yilganiga bog‘liqdir.

Yodda tutish kerakki, qozonxona – bu “issiqlik iste’moli” deb atalmish loyihalashtirilgan tizimning “jismoniy aksi”dir. Gap shundaki, kompaniyamiz faqatgina xonadonlar uchun isitish tizimlari va issiq suv ta’minoti jihozlarni ishlab chiqaribgina qolmay, balki, amalda, xalq xo‘jaligi va sanoatning har qanday mashhur tarmog‘idagi issiqlik ta’minoti uchun ham kerakli qozonxonalarni yetkazib beradi. Qozonxona – nafaqat iqtisodiyotga, balki qat’iy hisob-kitobga ham taalluqli tushuncha, u loyihaning qismlarini to‘g‘ri ishlab chiqishga, isitish tizimiga yuklamalarni va issiq suv ta’minotini aniqlashga bog‘liq bo‘ladi.

Foto: Viessmann

Albatta, Siz isitish moslamalarining quvvatini taqriban bilishingiz va issiq suvga yuklamani, taxminan bo‘lsa ham, hisoblab topa olishingiz mumkin. Ammo, pirovardida biz erishadigan natija: agar yuklama kattaroq olingan bo‘lsa, gaz va elektr ortiqcha sarf bo‘ladi, agar kam belgilangan bo‘lsa – uyingizni isita olmay va kerakli miqdorda issiq suv tayyorlay olmay qolasiz.

 Viessmann jihozi – bu “tizimli texnika”, u davr talablariga muvofiq ishlab chiqiladi va yasaladi, unda issiqlik ta’minoti tizimlari rivojlanishining barcha tendensiyalari hisobga olinadi. Binobarin, bunday katta imkoniyatlardan foydalanmaslik xato bo‘lar edi. Afsuski, jihozni tanlash borasidagi talabnomalarning juda ko‘pi yondosh hujjatlarsiz keladi, minimal komplektatsiyadagi jihozni tanlab berish so‘raladi.

Isitish tizimi qishki mavsumda tashqi havoning hisoblab topilgan haroratida (-14 S) issiqlik yo‘qotilishini kompensatsiyalash uchun loyihalanadi. Binoning issiqlik muvozanatini saqlab turish – bu binodagi alohida olingan har bir xona muayyan vaqtda tashqi havo harorati tufayli yo‘qotadigan issiqlikka teng issiqlikni olishi lozimligini anglatadi. Bu esa, issiqlik tashuvchining harorati har doim ham maksimal bo‘lmasligi, balki isitish chizmasiga moslashishi kerakligini bildiradi. Tashqi havo harorati qanchalik past bo‘lsa, issiqlik tashuvchining harorati shunchalik yuqorilashadi. Energiya tejash tamoyillari ham shunga asoslanadi. Isitish qozonlarining tarkibini to‘g‘ri tanlash va belgilash oson ish emas. Bu bilan mutaxassislar shug‘ullanishlari lozim.

Foto: Viessmann

Isitish qozonlarining qaysi modellarini afzal sanagan ma’qul – eski, sinalgan modellarnimi yoki yangi, innovatsion yechimlarnimi?

Isitish qozoni jihozini sotib olishda va ishlatishda uzoq yillar davomida eskirmaydigan va zaruriy texnologik imkoniyatlarni ta’minlay oladigan modellarni tanlash muhim. Eskirgan isitish qozonlari – bu gazning yuqori sarfi, boshqarishning murakkabligi, servis ko‘magining yo‘qligi va jihozning shovqin bilan ishlashi demakdir. Bobolarimiz davrida golland pechkasi, tancha, sandal uydagi issiqlikning yagona manbasi edi. Ammo vaqt bir joyda turmaydi – zamonaviy texnologiyalar hayotimizga kirib kelib, insonlar turmushini yengillashtirmoqda. Isitish jihozi o‘rtacha 15-20 yilga, qozonxonaning kelgusi modernizatsiyasigacha sotib olinadi, shu sababli iste’molchi zamonaviy jihoz xalqaro standartlarning barcha me’yorlari va talablariga javob berishiga amin bo‘lishi lozim. Isitish texnologiyalarining intensiv rivojlanishi tufayli, uydagi issiq suv va issiqlik qulay hayotning uzviy qismiga aylandi. Tejamkor va boshqarishga maksimal qulay – zamonaviy isitish qozoni mana shunday bo‘lishi lozim.

Foto: Viessmann

Kompaniyangiz faqat maishiy isitish qozonlari ishlab chiqaradimi?

Viessmann kompaniyasi ko‘p xonadonli uylar, kottejlar, tijorat va sanoat obektlari uchun isitish jihozlarini, sovitish tizimlarini taklif etadi. Biz har qanday qo‘llash sohalari va barcha turdagi energiya tashuvchilari uchun 1,5 dan 120 000 kVt.gacha bo‘lgan quvvat diapazonidagi isitish jihozlarini taklif etamiz.

Foto: Viessmann

Viessmann jihozi qanday asosiy afzalliklari bilan ajralib turadi?

Agar innovatsion yechimlar haqida aytsak, bu, avvalo, foydalanuvchiga qulay bo‘lishi uchun masofadan boshqarishdir. Smartfon orqali, masofadan turib xonadagi havo haroratini boshqaring – bu, haqiqatan, qulay! Uyda keksalar va texnikani boshqara olmaydigan bolalar mavjud bo‘lganda mijozlarimiz, isitish qozonini ilova orqali boshqarib, hatto uyda bo‘lmaganlarida ham qulaylikni osongina uyushtirishlari mumkin. Jihozga masofadan xavfsiz ulanish imkoniyati esa, kuchli moslashuvchanlik va nazorat uchun makon yaratadi. 

Foto: Viessmann

Yana bir muhim afzallik – karbonat angidrid gazi miqdorining kamayishi. Biz ekologiya muhofazasiga o‘z hissamizni qo‘shyapmiz – zamonaviy jihoz atmosferaga zararli tashlamalar miqdorini maksimal darajada kamaytirish imkonini beradi. Viessmann rusumidagi jihoz an’anaviy tarzda yuqori FIKga ega, tejamkor va boshqaruvda intuitsiya darajasida tushunarli, ixcham. Iste’molchilar uchun servis va texnik xizmat ko‘rsatishdagi qulaylik muhim sanaladi. Zero kompleks tarkibida jihozga butun kafolat muddati davomida texnik xizmat ko‘rsatish, shuningdek kafolatdan keyingi servis xizmati ham taqdim etiladi.

 Tashlamalar to‘g‘risida aytganda, issiqlik nasoslari va quyosh kollektorlaridan foydalanish, shuningdek vodorodda ishlaydigan qozon jihozlarini ishlab chiqarish hajmlarining kengayishi atmosferaga tashlamalarni amalda nolga tenglashtiradi. Hozirda Yevropada vodorodli qozon qurilmalariga o‘tish dasturi amalga oshirilmoqda. Dasturni amalga oshirish muddati – 2040 yilga qadar.

Foto: Viessmann

Isitish qozonining texnik xarakteristikalari borasida bir to‘xtamga kela olmayotganlarga ham konsultatsiya yordamini ko‘rsata olasizmi?

Albatta, hatto masala biz ishlab chiqargan jihozga oid bo‘lmasa ham, konsultatsiya berishga intilamiz. Kerak bo‘lganda servis xizmatini ko‘rsatamiz va isitish jihozlari tizimidan foydalanish bilan bog‘liq masalalarni hal etishda yordam beramiz. Yordam yoki konsultatsiya kerakmi? +998909450900 raqamiga qo‘ng‘iroq qiling va Viessmann mutaxassislari bilan maslahatlashing.

Reklama huquqi asosida

Top