07:43 / 14.04.2022
8196

Arxitektura yodgorligi bo‘lgan Yuridik universitet binosida o‘zboshimchalik bilan devorlar teshilgani aniqlandi

Yuridik universitetning mas’ul rahbari javobgarlikka tortildi. Bu haqda Bosh prokuratura xabar bermoqda.

Foto: Sputnik

Qayd etilishicha, poytaxtning Sayilgoh ko‘chasida joylashgan, XIX asrga oid betakror arxitektura yodgorligi bo‘lgan (sobiq erkaklar va ayollar gimnaziyasi) Toshkent davlat yuridik universiteti tomonidan foydalanib kelinayotgan binolar mutaxassislar tomonidan o‘rganilgan.

Bunda, tegishli ruxsatnoma olinmasdan, bino devorlari teshilib qayd etish taxtachalari o‘rnatilgani va atroflari bo‘yalgani, sovitkich (konditsioner) dvigatellari hamda soyabonlar o‘rnatilgani aniqlangan.

Oliygoh rahbariyati tomonidan qonun buzilishi holatlarini bartaraf etish to‘g‘risidagi ko‘rsatma bajarilmagani sababli, ma’muriy bayonnoma rasmiylashtirilib, sudga taqdim qilingan.

Jinoyat ishlari bo‘yicha Yunusobod tuman sudining 31.03.2022 yilgi qarori bilan oliygohning mas’ul rahbari ma’muriy javobgarlikka tortilib, bazaviy hisoblash miqdorining 3 baravari miqdorida jarima qo‘llanilgan.

Nazorat tadbirlari davom ettirilmoqda, deyiladi mahkama xabarida.

Mavzuga oid
Top