17:46 / 14.04.2022
4648
Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini sotib olmoqchiligini bildirdi

Avvalroq Mask Twitter kompaniyasining 9,2 foiz aksiyasini sotib olgandi.  

Foto: AP

Amerikalik milliarder Ilon Mask Twitter ijtimoiy tarmog‘ini 41,4 mlrd dollarga sotib olmoqchi, deb xabar berdi G‘arb OAV. 

Ma’lumotlarga ko‘ra, Tesla kompaniyasi rahbari har bir aksiyani 54,20 dollardan sotib olishini bildirgan. 

"Bu mening eng yaxshi va so‘nggi taklifim", - degan Mask.

2 aprel kuni Mask Twitter kompaniyasining 9,2 foiz aksiyasini sotib olgani ma’lum bo‘lgandi. U kompaniyaning eng yirik aksiyadoriga aylangan.

Tesla rahbarining so‘zlariga ko‘ra, u Twitter "butun dunyoda erkin fikr bildirish uchun platforma bo‘la olishi"ga ishonadi.

Avvalroq Ilon Mask Twitter direktorlar kengashi tarkibidan o‘rin olishga rozi bo‘lmagandi

Mavzuga oid
Top