18:47 / 14.04.2022
8535

Jahon banki rahbari qashshoq mamlakatlarning qarzlaridan kechib yuborishga chaqirdi 

Jahon banki, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon savdo tashkiloti va BMT oziq-ovqat dasturi zudlik bilan ocharchilikning oldini olish bilan shug‘ullanishga chaqiruvchi bayonot bilan chiqqandi.

Foto: Getty Images

Jahon banki prezidenti Devid Melpass qashshoq mamlakatlarning qarzlaridan kechish kerak deb hisoblamoqda. Uning fikricha, mamlakat qanchalik qashshoq bo‘lsa, narxlar oshishiga qarshilik qilishi shunchalik qiyin bo‘ladi.

«Biz qashshoq mamlakatlarni zimmalaridagi qarzlaridan ozod qilishimiz kerak»,— dedi Melpass.

Avvalroq Jahon banki, Xalqaro valuta jamg‘armasi, Jahon savdo tashkiloti va BMT oziq-ovqat dasturi zudlik bilan ocharchilikning oldini olish bilan shug‘ullanishga chaqiruvchi bayonot bilan chiqqandi.

Bayonotda ta’kidlanishicha, Ukrainadagi harbiy nizo oziq-ovqat xavfsizligi bilan bog‘liq vaziyatni keskinlashtirgan. 

Jahon bankining hisob-kitobiga ko‘ra, mahsulotlar narxining bir foiz punktga oshishi dunyo bo‘yicha 10 millionga yaqin odamni qashshoqlikka ravona qiladi. 

Mavzuga oid
Top