09:00 / 14.04.2022
2318
«O‘zbekinvest” kompaniyasi aholiga sug‘urta mahsulotlarini sotish bo‘yicha raqamlashtirilgan platformani muvaffaqiyatli ishga tushirdi
Foto: O‘zbekinvest

Davlat va jamiyatning barcha sohalariga raqamli iqtisodiyotning faol tatbiq etilishi, hamda bir qancha davlat va xususiy xizmatlarning onlayn ish tartibiga o‘tishini inobatga olib, 2021 yilda “O‘zbekinvest” kompaniyasi  tomonidan biznes-jarayonlarni raqamlashtirish va onlayn sotuvlarni rivojlantirish bo‘yicha tadbirlarning faol amalga oshirilishi davom ettirildi.

2021 yilda kompaniya tomonidan sug‘urta mahsulotlari onlayn sotuvi innovatsion raqamli “insurance.uz” va mobil platformasi modernizatsiyalashtirildi hamda sug‘urta agentlari uchun mobil ilova ishlab chiqilib, uning yordamida jumladan, ye-OSAGO, baxsiz hodisalardan sug‘urta, mol-mulk sug‘urtasi, sayohat va avtoulov egasining javobgarligi sug‘urtasi kabi ko‘p talab qilinadigan sug‘urta turlari bo‘yicha 900 million so‘mdan ziyod 23 mingta elektron polislari sotildi.

2021 yil yakunlariga ko‘ra, kompaniya avtomobil egalarining sug‘urta himoyasini ta’minlovchi elektron polislarni sotish bo‘yicha yetakchi o‘rinni egalladi, bunda kompaniyaning mahalliy sug‘urta bozoridagi barcha elektron polislarining sotuvi bo‘yicha ulushi 46 foizni tashkil etdi. Shuningdek, kompaniya avtomobil egalari bilan 653 mingtadan ortiq shartnomani tuzib, majburiy avtosug‘urta bozorida yetakchi mavqeyini saqlab qoldi.

Bozorga yangi va dolzarb bo‘lgan sug‘urta mahsulotlarini joriy etish natijasida, jismoniy shaxslar segmentida 51 milliard so‘m miqdoridagi sug‘urta mukofotlari yig‘imi ta’minlanib, 2020 yilga nisbatan 106 foizga o‘sdi, 2017 yilga nisbatan esa 4 baravarga oshdi. Ushbu yo‘nalishda 850 mingdan ortiq shartnoma tuzilgan bo‘lib, bu 2020 yilga nisbatan 121 foizga oshdi, 2017 yilga nisbatan esa 5 barobarga ko‘paydi.

Aholi va avtoulov egalariga 2021 yil mobaynida 34 mlrd so‘mdan ziyod sug‘urta qoplamalari to‘landi, to‘lovlar hajmi 2017 yilga nisbatan 8 barobarga ko‘paydi.

Joriy yilda kompaniya oldidagi eng muhim vazifalardan biri - aholi va avtoulov egalarining elektron polislariga ommaviy o‘tishni ta’minlash, mijozlarga xizmat ko‘rsatish uchun biometrik axborot tizimi “Face ID” ni joriy etish, sug‘urta da’volarini ko‘rib chiqish jarayonining interaktiv onlayn tizimini ishlab chiqish, shuningdek, kompaniya “mahallabay” dasturi doirasida respublika hududlaridagi shahar va qishloq aholisini sug‘urta himoyasi bilan ta’minlashni, jumladan, raqamli platformalar orqali ish yuritishni tubdan kengaytiradi va davom ettiradi.

“O‘zbekinvest” eksport-import sug‘urta kompaniyasi AJ axborot xizmati Ⓣ

Top