07:45 / 14.04.2022
30432

Rossiya Kiyevga zarbalar berilishidan ogohlantirdi

Rossiya Mudofaa vazirligi Ukraina poytaxti Kiyevga zarbalar berilishidan ogohlantirdi. Bu haqda 13 aprel kuni o‘tkazilgan Mudofaa vazirligi brifingida aytildi.

Foto: Shutterstock

Rossiya Mudofaa vazirligining ma’lumot berishicha, Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya hududidagi obektlarga zarbalar berilgan. Agar bu ishlar davom etsa, Rossiya bu borada qaror qabul qiladigan markazlar, xususan, Kiyevga zarbalar beriladi.

«Ukraina harbiylari tomonidan Rossiya hududida joylashgan obektlarga zarba berilishi va diversiyaga urinish holatlari kuzatilmoqda. Agar shunday harakatlar davom etsa, Rossiya qurolli kuchlari bu borada qaror qabul qilinadigan markazlar, xususan, Kiyevga ham zarbalar beradi. Rossiya armiyasi hozirgacha bu ishdan tiyilib kelgandi», deyiladi Rossiya Mudofaa vazirligi bayonotida.

Rossiyaning Ukraina bilan chegaradagi bir nechta viloyatlarida sariq darajadagi terroristik xavf holati e’lon qilingan. Oldinroq Rossiya va Ukraina chegara hududlarda provakatsiya tayyorlanayotgani iddaosi bilan bir-birini ayblab chiqqandi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top