12:00 / 15.04.2022
5094
Masofaviy identifikatsiya – bank xizmatlarini olishning zamonaviy usuli
Foto: Anorbank

ANORBANK mijozlarni to‘liq masofaviy biometrik identifikatsiya qilish xizmati ishga tushirilgani hamda jismoniy shaxslar uchun virtual karta chiqarish to‘g‘risida e’lon qildi. “ANOR BANK” AJ Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Najmiddinov masofaviy identifikatsiya nimaligi va qanday afzalliklari borligi haqida tushuntirib berdi.

Jismoniy shaxslarni masofaviy identifikatsiya qilish – bu bankning mobil ilovasida, biometrik shaxsiy ma’lumotlaringizni tasdiqlash orqali moliyaviy xizmatlarni masofadan turib olish imkonini beruvchi mexanizm.

«Bank sohasini rivojlantirishning muhim yo‘nalishlaridan biri – bu masofaviy bank xizmatlari tizimlarini rivojlantirishdir. MBXning eng mashhur turi bu – mobil banking. Bugun masofaviy identifikatsiya allaqachon har qanday bankning ajralmas qismiga aylanib bormoqda, chunki u universal elektron moliyaviy «pasport»», – deydi Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Najmiddinov.

Masalan, Anorbank ilovasida masofaviy identifikatsiyadan o‘tib, siz:

– omonatlarni masofadan boshqarishingiz, istalgan vaqtda pul kiritishingiz va yechishingiz;

– bir zumda pulni bitta valutadan boshqasiga ayirboshlash imkoni bor;

– Anorbank kartalaridan komissiyasiz pul o‘tkazmalarini amalga oshirishingiz;

– xalqaro o‘tkazmalarni qabul qilishingiz mumkin.

«Masofadan identifikatsiya qilish, mijozning bank bilan o‘zaro aloqasi uchun yaxshi vositadir. Biroq qulaylikdan tashqari, mijoz mablag‘larini tejash haqida o‘ylash kerak. Bankimiz statistik ma’lumotlariga ko‘ra, bir kunda bir kishi kartadan kartaga o‘rtacha ikkita pul o‘tkazmasini amalga oshiradi. Ushbu xizmatga bo‘lgan talab tufayli, biz virtual TRIA kartasini ishlab chiqardik. Chiqarilgandan so‘ng kartani yetkazib berishni kutish yoki uni hamma joyda o‘zingiz bilan olib yurishning hojati yo‘q. Mijoz masofaviy identifikatsiyadan o‘tganidan keyin karta bir necha daqiqa ichida chiqariladi va oyiga 20 million so‘mgacha pul o‘tkazmalar – bepul bo‘ladi», – deydi Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Najmiddinov.

Virtual debet karta – zamonaviy to‘lov vositasidir. U bilan Internetda ham, do‘konlarda, restoranlarda, mehmonxonalarda ham smartfon orqali to‘lashingiz mumkin. Har bir virtual kartada asosiy ma’lumotlar mavjud: raqami, muddati va foydalanuvchining ismi. Biroq savol paydo bo‘ladi: virtual karta xavfsizmi?

«Bunday karta bilan siz tashlab yuborishdan yoki yo‘qotishdan qo‘rqishingiz shart emas, chunki u cho‘ntagingizda yoki yoningizda stolda turmaydi. PIN-kodingizni uchinchi shaxslarga aytishingizning hojati yo‘q. Bundan tashqari, virtual kartani soxta qilish juda qiyin, chunki uni faqat siz smartfoningizda ko‘rishingiz mumkin», – ta’kidladi Boshqaruv raisining birinchi o‘rinbosari Elyor Najmiddinov.

Xavfsizlikdan tashqari, karta bir qator afzalliklarga ega. Misol uchun, TRIA virtual kartaning qoldig‘iga yillik 10% hisoblab kartaga tushirib berish va keshbek xizmatlari bor. Agar mijozning kartasida jamlovchi hisobvarag‘i bo‘lsa, bu yoqimli passiv daromad bo‘ladi. Eng muhim afzallik shundaki, siz yetkazib berishni kutishingiz shart emas. Identifikatsiyadan o‘tgandan so‘ng, virtual karta bir necha daqiqada dasturda ochiladi.

Anorbank ilovasida masofaviy identifikatsiyadan o‘ting va uyingizdan chiqmasdan virtual TRIA kartasiga ega bo‘ling. Qo‘shimcha ma’lumot olish uchun 1290 raqamiga murojaat qiling.

Sayt: anorbank.uz

Facebook: fb.com/anorbank

Telegram: t.me/anorbank

Instagram: @anorbank

Reklama huquqi asosida

Mavzuga oid
Top