19:55 / 15.04.2022
8702

Polsha Rossiya ko‘miri importiga embargo joriy etdi 

Rossiya va Belarusdan ko‘mir va koks import qilish hamda ularni Polsha hududi orqali tranzit qilish taqiqlanadi. 

Foto: TASS

Polsha Rossiyadan ko‘mir yetkazilishiga embargo joriy etdi. 14 aprel kuni mamlakat prezidenti Anjyey Duda bu haqdagi tegishli qonunni imzoladi.

Qonunga muvofiq, Rossiya va Belarusdan ko‘mir va koks import qilish hamda ularni Polsha hududi orqali tranzit qilish taqiqlanadi.  

Shuningdek, Rossiyaning Ukrainaga bostirib kirishini qo‘llab-quvvatlagan yuridik va jismoniy shaxslarning mulklari muzlatilishi ko‘zda tutilmoqda. Sanksiyalarni buzgan shaxslarga 20 mln zlotiy (4,3 mln yevro) miqdorida jarima solinadi.

Anjyey Duda imzolagan qonun bilan Rossiyaning Ukrainaga hujumi ramzlaridan foydalanish ham taqiqlangan.  

 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top