07:33 / 15.04.2022
3805
Toshkentda gaz to‘lovlarini o‘zlashtirgan MChJ aniqlandi
Foto: Kun.uz

Sergeli tumanida tabiiy gaz ta’minoti to‘lovlarini o‘zlashtirgan MChJ aniqlandi. Bu haqda Bosh prokuratura huzuridagi Iqtisodiy jinoyatlarga qarshi kurashish departamenti xabar bermoqda.

Bosh prokuratura huzuridagi departamentning Sergeli tuman bo‘limi tomonidan tergovga qadar tekshiruv o‘tkazilgan.

Unda, aholiga “P.S.” MChJ mas’ul shaxslari “Paynet” shoxobchasi orqali 88 nafar iste’molchi tomonidan tabiiy gaz ta’minoti uchun naqd va plastik kartalar orqali amalga oshirilgan 129,3 mln so‘m to‘lovlarni “Hududgaz Poytaxt” korxonasi hisob raqamiga o‘tkazmasdan, iste’molchilarning shaxsiy hisob varag‘ida aks ettirmasdan, talon-toroj qilganliklari aniqlangan.

Mazkur holat yuzasidan Jinoyat kodeksining 167-moddasi (o‘zlashtirish yoki rastrata yo‘li bilan talon-toroj qilish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan.

Rasmiy xabarga ko‘ra, hozirgi vaqtda tergov harakatlari o‘tkazilmoqda.

Top