17:22 / 16.04.2022
25991

Putin va Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi neft bozori va Ukrainani muhokama qildi 

Xabar qilinishicha, tomonlar Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib olgan. 

Foto: Anadolu Agency

Rossiya prezidenti Vladimir Putin Saudiya Arabistoni valiahd shahzodasi Muhammad bin Salmon Al Saud bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi Kreml matbuot xizmatiga tayanib xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, tomonlar kun tartibidagi xalqaro masalalar, xususan, Ukraina hamda Yamandagi vaziyat bo‘yicha fikr almashdi.

"Jahon neft bozoridagi barqarorlikni ta’minlashga qaratilgan "OPeK plyus" shaklidagi hamkorlik ijobiy baholandi", - deyiladi xabarda.

Qo‘shimcha qilinishicha, muloqot davomida ikki tomonlama hamkorlikning dolzarb masalalari ko‘rib chiqildi.

“Tomonlar Rossiya va Saudiya Arabistoni o‘rtasidagi o‘zaro manfaatli aloqalarni yanada rivojlantirishga kelishib oldi”, deb ma’lum qilgan Kreml matbuot xizmati. 

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top