15:10 / 16.04.2022
15522
Rossiya Britaniyaga qarshi personal sanksiyalar kiritdi

Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass, mudofaa vaziri Ben Uollesning Rossiyaga kirishi taqiqlandi. 

Rossiya London sanksiyalariga javob chorasi sifatida Britaniya hukumatining qator siyosiy arboblariga qarshi sanksiyalar kiritdi.

Qayd etilishicha, Rossiya "stop-listi" "Buyuk Britaniya hukumatining mislsiz darajadagi dushmanona harakatlariga javoban" shakllantirilgan.  

Unga ko‘ra, Buyuk Britaniya bosh vaziri Boris Jonson, tashqi ishlar vaziri Elizabet Trass, mudofaa vaziri Ben Uollesning Rossiyaga kirishi taqiqlanadi. 

Shuningdek, Rossiyaga kirishi taqiqlanganlar ro‘yxatidan adliya vaziri Dominik Raab, moliya vaziri Rishi Sunak, ichki ishlar vaziri Priti Patel o‘rin olgan.

Ta’kidlanishicha, Moskva yaqin vaqt ichida "stop-list"ni kengaytiradi.

Top