14:41 / 16.04.2022
5984
Ruminiya portlariga Rossiya bayrog‘i ostidagi kemalarning kirishi taqiqlandi 

Taqiq 2022 yil 24 fevraldan so‘ng Rossiya bayrog‘ini yoki registratsiyasini o‘zgartirgan kemalar uchun ham amal qiladi.  

Foto: Kommersant’

17 apreldan boshlab Ruminiyaga bayrog‘i ostidagi kemalarning kirishi taqiqlandi.  

Taqiq 2022 yil 24 fevraldan so‘ng Rossiya bayrog‘ini yoki registratsiyasini o‘zgartirgan kemalar uchun ham amal qiladi.  

Faqat kema yordamga muhtoj bo‘lsa yoki insonlar hayotini qutqarish uchungina Ruminiya portiga kirishiga ruxsat beriladi.  

Shuningdek, Yevropaga gaz, neft va neft mahsulotlari, titan, alyuminiy, mis, nikel, palladiy, temir, ayrim kimyoviy mahsulotlar, sanksiyalarga tushmagan farmatsevtika, oziq-ovqat, qishloq xo‘jalik mahsulotlari, o‘g‘itlar, AES uchun yadroviy yonilg‘i, ko‘mir olib kelayotgan kemalar uchun taqiq joriy etilmaydi.  

Avvalroq Belgiya Rossiya kemalari uchun ana shunday taqiq joriy etgandi.  

Top