17:17 / 16.04.2022
18546

YeI chegaralarida Rossiya va Belarus yuk mashinalaridan iborat navbatlar o‘nlab kilometrga yetdi

Polshaning Belarus bilan chegaradagi «Koroshchin» nazorat-o‘tkazuv punktidagi tirbandlikning uzunligi 80 kilometrga yetgan. 

Foto: Reuters

Rossiya va Belarusning Yevroittifoqni tark etishga uringan bir necha ming yuk mashinasi Polsha chegarasida to‘planib qoldi, deb xabar berdi Financial Times (FT).

Gazetaning ma’lumot berishicha, tirbandliklar Litva va Latviya chegaralarida ham yuzaga kelgan.

Qayd etilishicha, yuk mashinalarining YeI hududidan chiqib ketishi uchun uch kundan 10 kungacha vaqt kerak bo‘ladi.

15 aprel kuni Polsha sharqidagi yuk mashinalaridan iborat navbatning uzunligi 40 kilometrdan oshgan. Polsha xalqaro avtomobilda yuk tashuvchilar birlashmasi rahbari Yan Buchekning so‘zlariga ko‘ra, Belarus bilan chegaradagi «Koroshchin» nazorat-o‘tkazuv punktidagi tirbandlikning uzunligi 80 kilometrga yetgan. 

Gurtam kompaniyasi ijrochi direktori Aleksandr Kuvshinovning ta’kidlashicha, YeI hududida Rossiya va Belarusning 10 mingga yaqin yuk mashinasi bor.

Avvalroq Yevroittifoq Rossiyaga qarshi iqtisodiy va individual sanksiyalarning beshinchi paketini tasdiqlagandi. Unga ko‘ra, Rossiya va Belarus avtotransport operatorlarining YeI hududi orqali yuk tashishi taqiqlanadi.

Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Mavzuga oid
Top