08:09 / 17.04.2022
8031

Muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Turkiy davlatlar tashkiloti direktori bilan uchrashdi

Kecha, 16 aprel kuni O‘zbekiston musulmonlari idorasi raisi, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Istanbulda Turkiy davlatlar tashkiloti direktori Bag‘dod Amreyev bilan uchrashdi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Musulmonlar idorasining xabar berishicha, muloqotda tomonlar o‘zaro aloqalarni yanada kengaytirish, kelgusida amalga oshirishi lozim bo‘lgan vazifalar va mo‘min-musulmonlar birdamligini yanada mustahkamlash bo‘yicha fikr almashgan.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

«Xususan, bugun insoniyat turli muammolarga duch kelayotgan bir paytda Islom ulamolarining hamjihatligi va musulmon ummatining birligini ta’minlash har qachongidan ham muhim ahamiyat kasb etayotgani, shu ma’noda o‘tkazilgan tarixiy yig‘ilishning amaliy ahamiyati juda yuqori ekani qayd etildi», - deyiladi xabarda.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi

Avvalroq, muftiy Nuriddin Xoliqnazarov Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an va Turkiy davlatlar muftiylari bilan «Ayo-Sofiya Fotih» madrasasi ochilishida qatnashgani xabar berilgan edi. Shuningdek, muftiy Istanbuldagi yig‘ilishda o‘zaro hamkorlikni mustahkamlash uchun Turkiy davlatlar diniy idoralari aro Fatvo hay’atini tashkil etishni taklif qilgandi.

Foto: O‘zbekiston musulmonlari idorasi
Top