14:21 / 18.04.2022
6635
Bir mushtipar o‘kinchi: “Dard nimaligini boshimga tushganda bildim” 

Orzular, umid, ishonch insonga qanot bag‘ishlaydi, hayotiga zeb beradi. Ammo oramizda xastalik sababli bularning baridan mosuvo bo‘lgan ayanchli taqdir egalari ham bor. Komila Toshkentda tug‘ilib-o‘sgan. 27 yoshda uning barcha orzu-umidlari – sog‘lom hayotga qaytishdan iborat bo‘lib qolgan. Chunki unga bir necha yil avval jigar sirrozi tashxisi qo‘yilgan.  

“Kimdir sirrozdan vafot etdi deyishsa hayron bo‘lardim. Qanchalik og‘ir dardligini o‘zimning boshimga tushganda bildim. Qon qusib jonlantirish bo‘limlariga tushib qolganimda his qildim buni”, — deya ahvolini tushuntiradi bemor.

Qizining sog‘ayib ketishidan umidvor ota-ona uni yillar davomida davolatishgan, buning uchun barcha mablag‘larini sarflashgan.

“Bir marta davolanishiga 10 millionlab pul ketadi. Otasi ham, men ham pensiya olamiz, xolos. Davolatish uchun molxonadagi mollarimizni, mashinamizni sotdik. Sotilmagan faqat uyimiz qoldi. Bir uyda 10 jon yashaymiz, uyimizni sotsak shuncha odam ko‘chada qolamiz”.

Komilaning sog‘ayishi uchun jigar ko‘chirish operatsiyasi o‘tkazilishi kerak. Hozir bir necha yaqinlari unga donor bo‘lib, jigarini berishga rozi bo‘lishgan. Lekin operatsiya uchun kerakli mablag‘ yo‘qligi uchun bemor va ota-onasi chorasiz qolishyapti.

Muborak oyda bir oila farzandi, bir ayol hayotga qaytishi uchun oz-ozdan bo‘lsa-da yig‘ilib katta mablag‘ to‘plansa ajab emas. Shu yo‘lda o‘z hissangizni ayamaysiz deb umid qilamiz! 

Komila Abdullayevaga oid ma’lumotlar:

Uzcard: 8600 0204 7668 6725 Yulduzxon Abdullayeva nomida

Visa: 4108 5901 7510 8953 bemor Komila Abdullayeva nomida

Bevosita uchrashish istagida bo‘lganlar uchun bemor manzili: Zangiota tumani, Xonobod mahallasi, Beruniy 2-tor ko‘chasi, 5-uy.

Mavzu
Xayriya aksiyasi
KUN.UZ sayti yordamga muhtoj insonlarga ko‘mak berish niyati bilan qator xayriya aksiyalarini tashkil etib kelmoqda.
Barchasi
Top