17:51 / 19.04.2022
7267
Bayden keyingi prezidentlik saylovida ham nomzodini qo‘ymoqchi – OAV

Ta’kidlanishicha, Bayden o‘zini "Donald Tramp ustidan g‘alaba qozona oladigan yagona inson" sifatida ko‘rmoqda. 

Foto: Anadolu Agency/Getty Images

AQSh prezidenti Jo Bayden 2024 yilda bo‘ladigan prezident saylovida ishtirok etishni rejalashtirmoqda. Bu haqda The Hill o‘z manbalariga tayanib xabar berdi. 

"Prezident Bayden sobiq prezident Obamaga ikkinchi muddatga o‘z nomzodini qo‘yishni rejalashtirayotganini aytgan", — deb yozadi gazeta. 

Nashr suhbatdoshlaridan biri Bayden o‘zini "Donald Tramp ustidan g‘alaba qozona oladigan yagona inson" sifatida ko‘rayotganini bildirgan.

Hozirda 79 yoshni qarshilagan Jo Bayden 2021 yil yanvarda AQSh prezidentligiga kirishgan. U 2024 yilda 82 yoshda bo‘ladi.

Top