23:10 / 19.04.2022
16538
Erdo‘g‘an Isroil prezidenti bilan Al-Aqso masjidi atrofidagi voqealarni muhokama qildi

Qayd etilishicha, muloqot davomida Erdo‘g‘an provokatsiyalarga va Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi maqomiga nisbatan tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini bildirdi.

Foto: Anadolu Agency

Turkiya prezidenti Rajab Toyyib Erdo‘g‘an isroillik hamkasbi Itsxak Gersog bilan telefon orqali muloqot qildi. Bu haqda “Onado‘lu” agentligi xabar berdi.

Xabarda aytilishicha, ikki davlat rahbarlari Falastinda yahudiy radikal guruhlari va Isroil xavfsizlik kuchlari provokatsiyasi oqibatida yuz bergan so‘nggi voqealarni muhokama qildi.

“Muloqot davomida prezident Erdo‘g‘an provokatsiyalarga va Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi maqomiga nisbatan tahdidlarga yo‘l qo‘ymaslik zarurligini bildirdi”, deyiladi xabarda. 

O‘tgan hafta oxirida Sharqiy Quddusdagi Al-Aqso masjidi majmuasi atrofida yuzaga kelgan to‘qnashuvlar chog‘ida 170 nafardan ortiq kishi yaralangan, ularning aksari falastinliklardir. 

Wafa agentligining xabar berishicha, Falastin prezidenti Mahmud Abbos   AQSh davlat kotibi Entoni Blinken bilan telefon orqali muloqotida Isroilning falastinliklarga qarshi siyosati "xavfli oqibatlar"ga olib kelishi haqida ogohlantirgan

Mavzuga oid
Top