13:04 / 19.04.2022
17201

Milliy gvardiyaga bir qator yangi vakolatlar berilmoqda

O‘zbekiston Milliy gvardiyasiga bir qator vakolatlar berilmoqda. Bu haqda Qonunchilik palatasi deputati Rasul Kusherbayev xabar qildi.

Foto: Kun.uz

Qayd etilishicha, Milliy gvardiya organlari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning qator moddalari bo‘yicha huquqbuzarliklar to‘g‘risidagi ishlarni ko‘rib chiqishga va jarima tariqasidagi ma’muriy jazo choralarini qo‘llashga haqli ekanligi belgilanmoqda.

Ushbu moddalar:

187-moddasining birinchi qismi (Jamoat joylarida alkogol mahsulotini iste’mol qilish); 

188-modda (Voyaga yetmagan shaxsni g‘ayriijtimoiy xatti-harakatlarga jalb qilish);

188-2-modda (Voyaga yetmagan shaxsning ko‘ngil ochish (dam olish) joylarida tungi vaqtda bo‘lishiga yo‘l qo‘yish);

192-modda (Maishiy shovqinga qarshi kurash talablarini buzish) bo‘yicha. 

Milliy gvardiya organlari mansabdor shaxslari Ma’muriy javobgarlik to‘g‘risidagi kodeksning 61-, 183-, 184-2-, 184-3-, 185-, 185-1- (bojxona to‘g‘risidagi qonunchilikni buzish bilan bog‘liq huquqbuzarliklardan tashqari) 185-2-, 185-3-, 186-moddalarida, 187-moddaning ikkinchi qismida, 188-1-, 188-3-, 189-, 189-1-, 190-, 191-, 194-1-, 195-1-, 196- (Milliy gvardiyaga tegishli qismi bo‘yicha) va 210-1- moddalarida nazarda tutilgan ma’muriy huquqbuzarliklarni aniqlagan taqdirda, ma’muriy huquqbuzarlik to‘g‘risida bayonnoma tuzishi va belgilangan tartibda sudga ko‘rib chiqish uchun yuborishi belgilanmoqda.

Loyiha deputatlar tomonidan birinchi o‘qishda qabul qilingani aytiladi.

Top