10:59 / 19.04.2022
6765
Samarqandda piyodalar yo‘lakchasida Spark urib yuborgan 9 yoshli maktab o‘quvchisi vafot etdi

Spark mashinasi haydovchisi tez harakatlanib kelib piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli qizni urib yuborgan.

Samarqand viloyati IIB YHXB axborot xizmatining xabar berishicha, 2022 yil 11 aprel kuni M-37 Samarqand-Buxoro-Turkmanboshi avtomobil yo‘lining Narpay tumani hududidan o‘tgan qismida odam o‘limi bilan bog‘liq yo‘l-transport hodisasi sodir bo‘lgan.

46 yoshli haydovchi boshqaruvida bo‘lgan Spark mashinasi tez harakatlanib kelib piyodalar yo‘lakchasidan o‘tayotgan 9 yoshli maktab o‘quvchisi bo‘lgan qizni urib yuborgan. Oqibatda qizcha og‘ir tan jarohatlari olib shifoxonada vafot etgan.

Qayd etilishicha, inson hayotiga zomin bo‘lgan qoidabuzar haydovchiga nisbatan qonuniy choralar ko‘rilmoqda.

Avvalroq Surxondaryo viloyati Qumqo‘rg‘on tumanida piyodalar yo‘lakchasida yuk mashinasi urib yuborgan maktab o‘quvchisi vafot etgandi.

Mavzuga oid
Top