09:47 / 20.04.2022
11962

2022 yil boshidan beri qaysi hududda eng ko‘p tug‘ilish qayd etilgani ma’lum bo‘ldi

O‘zbekistonda yil boshidan 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lumot berdi.

Qo‘mita xabariga ko‘ra, 2022 yilning 1 aprel holatiga respublikada 203,7 ming tug‘ilish qayd etilgan. Bu ko‘rsatkich o‘tgan yil mos davri bilan solishtirilganda 13,4 foizga oshgan.

O‘zbekistonda 2021 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar soni 1991 yilda qayd etilgan tug‘ilishlar bilan solishtirilganda 25,1 foizga oshgan.

Hududlar kesimida tug‘ilishlar soni bo‘yicha Samarqand viloyati yetakchilik qilmoqda – 24 265 ta holat. Keyingi o‘rinlardan mos ravishda 21 965 ta va 20 955 ta tug‘ilish holati kuzatilgan Farg‘ona viloyati hamda Qashqadaryo viloyati joy oldi.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan hududlar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • Andijon viloyati – 18 720 ta; 
  • Surxondaryo viloyati – 18 421 ta; 
  • Namangan viloyati – 17 542 ta;  
  • Toshkent viloyati – 17 134 ta; 
  • Toshkent shahri – 16 438 ta;
  • Qoraqalpog‘iston R. – 9 680 ta;  
  • Buxoro viloyati – 9 352 ta; 
  • Xorazm viloyati – 9 125 ta; 
  • Jizzax viloyati – 8 959 ta;  
  • Navoiy viloyati – 5 692 ta;  
  • Sirdaryo viloyati – 5 422 ta.
Mavzuga oid
Top