23:20 / 20.04.2022
17795
AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar kiritdi

Sanksiyalar ro‘yxatidan 30 nafarga yaqin jismoniy hamda 40ta yuridik shaxs o‘rin oldi.

Foto: Getty Images

AQSh Rossiyaga qarshi yangi sanksiyalar paketini joriy etdi. Bu haqda AQSh moliya vazirligi ma’lum qildi

Yangi sanksiyalar ro‘yxatidan 30 nafarga yaqin jismoniy hamda 40ta yuridik shaxs o‘rin oldi.

Xususan, Rossiya markaziy banki raisi o‘rinbosari Kseniya Yudayeva, “Otkritiye” banki boshqaruvi raisi Mixail Zadornov, biznesmen Konstantin Malofeyevga nisbatan sanksiyalar kiritildi.

Bundan tashqari, “Investtorgbank”, “Transkapitalbank” banklari ham ro‘yxatdan joy olgan. 

Kelgusi haftada Rossiyaga nisbatan Yevropa Ittifoqi sanksiyalarining oltinchi paketi qabul qilinishi kutilmoqda. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top