13:17 / 20.04.2022
11336
Reklama

Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab 4G tarmog‘ini kengaytirdi

Foto: Beeline Uzbekistan

2022 yil 12 aprel, Toshkent. Beeline Uzbekistan butun mamlakat bo‘ylab tarmoq qamrovini kengaytiradi. Yil boshidan buyon raqamli operator tomonidan 150 ga yaqin baza stansiyalari (BS) ishga tushirilib, abonentlarga yuqori tezlikdagi mobil internet va uning asosidagi xizmatlardan foydalanish imkoniyati yaratildi.

Respublika poytaxti yangi baza stansiyalari soni bo‘yicha rekordchiga aylandi – 2022 yilning birinchi choragida bu yerda 50 ga yaqin qo‘shimcha Beeline stansiyalari qurildi. Ikkinchi o‘rinda Farg‘ona viloyati bo‘lib, u yerda 30 dan sal kamroq to‘rtinchi avlod baza stansiyalari paydo bo‘lgan. Uchinchi o‘rinda Andijon va Toshkent viloyatlari bo‘lishdi, ularning har biri 15 tadan stansiya ishga tushirdi.

Tarmoqni kengaytirish nafaqat ushbu hududlarda amalga oshirildi. Zamonaviy raqamli xizmatlar mamlakatimizning barcha aholisi uchun mavjud bo‘lishiga ishonch hosil qilgan holda, Beeline Uzbekistan istisnosiz barcha hududlarda “yuqori tezlik” standartidagi baza stansiyalarini qurmoqda.

“Yangi uchirmalarning statistik ma’lumotlari mamlakat hududlaridagi aholi zichligi bilan izohlanadi. Demak, Toshkent nafaqat O‘zbekiston, balki butun Markaziy Osiyodagi eng yirik shahar bo‘lib, bu yerda 2,7 milliondan ortiq aholi istiqomat qiladi. Buning ajablanarli joyi yo‘q, poytaxt barcha yangi BSlarning uchdan bir qismini tashkil etdi. Biroq, biz 4G Internetni har bir mijozga taqdim etishni rejalashtirmoqdamiz. Rivojlanish davom etmoqda! – deydi Beeline Uzbekistan texnik direktori Mahmudjon Nodirov.

Tarmoq qamrovi hududining sezilarli darajada kengayishi tufayli tobora ko‘proq mamlakat aholisi ma’lumot olish uchun smartfonlar orqali davlat saytlariga kirishlari, videolarni yuklab olmasdan onlayn tomosha qilishlari, qulay naqd pulsiz to‘lovlar uchun FinTech xizmatlaridan foydalanishlari kabi Beeline’ning raqamli xizmatlaridan foydalanishlari mumkin.

Reklama huquqi asosida

Top