12:59 / 20.04.2022
37556

Kiyev atrofida ishlayotgan sapyorlar, Mariupolda yongan avtobuslar, kemalar va masjid. Urush suratlari

Ukrainadagi urushning 55-kuni o‘tdi. Pentagon ma’lumotlariga ko‘ra, Rossiya o‘z kuchlarini Donbassda jamlashda davom etmoqda. BMT hisoblariga ko‘ra, urush boshidan buyon Ukrainaning tinch aholisi orasidagi qurbonlar soni ikki mingdan oshgan. «Ukrainskaya pravda» gazetasi Kiyev oblasti politsiyasi rahbariga asoslanib yozishicha, oblast hududini rossiyaliklar tark etgach topilgan jasadlar soni mingdan oshgan. Mariupolda «Azovstal» shturmi davom etmoqda.

Mariupol portining bugungi ko‘rinishi — bu Ukrainadagi eng yirik dengiz savdo porti edi. O‘tgan haftada RF mudofaa vazirligi port rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tganini e’lon qilgandi. Foto: Sergey Bobilev / TASS

Ukrainadagi urush. So‘nggi ma’lumotlar

  • Ukraina bosh shtabining ertalabki ma’lumotlariga ko‘ra, frontda jiddiy o‘zgarishlar yo‘q. Rossiyaliklar Donbassda ukrainaliklarning pozitsiyalarini doimiy ravishda o‘qqa tutmoqda, bombalamoqda, hujum qilmoqda va yorib o‘tish uchun zaif nuqtani qidirmoqda, region shimolida yurish davom ettirilmoqda, ammo katta muvaffaqiyatlarsiz.
  • Mariupolda so‘nggi kuchlari bilan qarshilik ko‘rsatishda davom etayotgan Ukraina dengiz piyodalari brigadasi komandiri Sergey Volin AQSh, Britaniya, Turkiya va Ukraina yetakchilarini Rossiya bilan kelishuvga erishib, uning jangchilari va «Azovstal»dagi tinch aholini qutqarishga chaqirdi.
  • Pentagon Ukraina jangovar samolyotlarga ega bo‘lganini ma’lum qildi - ular AQShdan emas, NATOning boshqa mamlakatidan yetkazib berilgan. Gap aynan qanday samolyotlar haqida ketayotganiga aniqlik kiritilmagan.
  • OAV ma’lumotiga ko‘ra, AQSh prezidenti Jo Bayden yaqin kunlarda 800 mln dollarlik yana bir harbiy yordam paketini tasdiqlaydi, bu paket artilleriya va snaryadlar yetkazib berishni o‘z ichiga oladi.

Mariupol

O‘zini o‘zi mustaqil deb e’lon qilgan DXR spetsnazi razvedkada. Mariupolning katta qismi rossiyalik va rossiyaparast harbiylar nazoratiga o‘tgan.
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Shahar ko‘chalarida yonib ketgan avtobuslar.
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Ko‘chadagi qabr oldida turgan qizcha. Foto: Sergey Bobilev / TASS
Janglar vaqtida yonib ketgan tank oldidan o‘tayotgan mariupolliklar. Shahar yaqin kunlar ichida rossiyaliklar qo‘liga o‘tishi kutilmoqda
AP Photo/Alexei Alexandrov

 

DXR harbiy xizmatchisi shiddatli janglar vaqtida jiddiy shikastlangan masjidni ko‘zdan kechirmoqda. Mariupolning qo‘lga olinishi Rossiyaga Donbass va Qrimni quruqlik orqali bog‘lash uchun yo‘lakka ega bo‘lish imkonini beradi
AP Photo/Alexei Alexandrov

 

Kiyev oblasti 

Irpenlik ayol o‘z yaqinlarini dafn etmoqda
Gleb Garanich / Reuters / Scanpix / LETA
Buchadagi cherkovda insonparvarlik yordami olayotgan ayollar. Bu urushning qo‘rqinchli ramzlaridan biriga aylangan shaharda hamon suv, gaz va elektr toki yo‘q.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETA
77 yoshli Nina Buchada Yevropa Ittifoqi tomonidan tashkil etilgan insonparvarlik yordami uchun navbatda turibdi
AP Photo/Emilio Morenatti
Bombalangan uydagi kvartiradan Makarov posyolkasining ko‘rinishi
John Moore / Getty Images
Kuxari — Kiyev oblastining Ivankovskiy rayonidagi kichik qishloq — o‘tgan oyda bu yerda ham harbiy harakatlar bo‘lib o‘tgan. Fotoda 70 yoshli mahalliy aholi vakili vayron bo‘lgan ko‘prikdan ko‘tarilmoqda
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Sapyor Irpenda minani zararsizlantirmoqda. Ukraina hukumati rossiyalik harbiylar chekingan hududlarda o‘n minglab minalar qoldirilganini aytgan. So‘nggi kunlarda Kiyev oblastini minalardan tozalash ishlari chog‘ida uch nafar sapyor halok bo‘ldi.
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukraina IIV sapyorlari Moshchunda qoldirilgan minalarni yer ostida portlatish uchun o‘rada to‘plamoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky
Sapyorlar Moshchun qishlog‘ida qoldirilgan portlovchi moddalarni yig‘moqda
Efrem Lukatsky / AP / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar Moshchundagi janglar vaqtida yakson etilgan rus tanki oldidan o‘tmoqda
AP Photo/Efrem Lukatsky

Nikolayev oblasti 

Ukrainalik askarlar Nikolayev va Xerson oblastlari o‘rtasidagi chegarada navbatchilik qilmoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Harbiylar Nikolayevdagi front chizig‘ini ko‘zdan kechirmoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA
Ukrainalik askar yerto‘lada kechki ovqat tayyorlamoqda
Celestino Arce Lavin / ZUMA Press Wire / Scanpix / LETA

Donbass shimoli 

Politsiyachilar Ukraina nazoratidagi Kramatorskka berilgan raketa zarbalari vaqtida halok bo‘lgan kishining jasadi ustini yopmoqda. Zarbalar so‘nggi kunlarda kuchaygan — Ukraina tomoni Rossiya armiyasi Donbass uchun hal qiluvchi janglarni boshlaganini aytmoqda.
Marko Djurica / Reuters / Scanpix / LETA
Kramatorskdagi zavodga havo hujumidan keyin yaradorlarga tez tibbiy yordam ko‘rsatilmoqda
Petros Giannakouris / AP / Scanpix / LETA

Xarkov 

Turar joy binosi zarbalardan keyin. Rossiya harbiylari so‘nggi kunlarda Xarkov oblastida mudofaa liniyasini yorib o‘tishga harakat qilmoqda
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Xarkovda o‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilar shtab-kvartirasi
Wolfgang Schwa​n / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
O‘t o‘chiruvchilar va qutqaruvchilarning o‘zi dam olish vaqtida
Wolfgang Schwa​n / Anadolu Agency / ABACAPRESS / ddp images / Vida Press
Xarkovdagi ko‘chada mahalliy aholi vakillari
Alkis Konstantinidis / Reuters / Scanpix / LETA
Rossiya harbiylarining havo zarbalari qurboni
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETA
Mavzu
Rossiya-Ukraina urushi
2022 yil 22 fevral kuni Rossiya Ukraina chegarasidan o‘tib, qo‘shni mamlakatga bostirib kirdi. Ukraina armiyasi jang taklif qildi.
Barchasi
Top