Ayni paytda butun dunyoda Ramazon oyi davom etmoqda. Reuters agentligi dunyoning turli nuqtalarida ushbu muborak oy manzaralari aks etgan fotojamlanma e’lon qildi.
Londondagi Royal Albert konsert zalidagi ochiq iftorlikda qatnashayotgan muslima ayol. Buyuk Britaniya. / Foto: ReutersIftorlik payti. Kun bo‘yi ro‘zador bo‘lgan odamlar quyosh botgach uylaridan tashqariga qarab o‘tirishibdi. Qohira. Misr. / Foto: Reuters Musulmonlar juma namozida. Dehli, Feroz shoh Kotla masjidi xarobasi. Hindiston. / Foto: ReutersKambag‘al oilalar uchun iftorlikka ovqat pishirilyapti. Bag‘dodning Abdulqodir al-Gayloniy masjidi. Iroq. / Foto: ReutersIslom maktab-internatining ko‘zi ojiz o‘quvchisi Brayl yozuvidagi Qur’oni Karimni tilovat qilmoqda. Janubiy Tangerang shahri. Indoneziya. / Foto: ReutersMusulmonlar iftorlik uchun oziq-ovqat xarid qilishyapti. Mumbay. Hindiston. / Foto: Reuters Islom maktab-internati o‘quvchisi Qur’on tilovat qilyapti. Kuala-Lampur. Malayziya. / Foto: Reuters Qayiqchi iftorlikdan so‘ng namoz o‘qiyapti. Dakka. Bangladesh. / Foto: Reuters Iftorlik vaqti kutilyapti. Dakar. Senegal. / Foto: Reuters Ayol Qubbat ul-Islom ziyoratgohi oldida qizalog‘ini o‘ynatmoqda. Quddus. / Foto: ReutersShayx Zayd masjidining umumiy ko‘rinishi. Abu Dabi. Dubay. / Foto: ReutersVolontyorlar saharlik uchun tarqatiladigan oziq-ovqatlarni tayyorlashmoqda. Sudan. / Foto: ReutersIftorlik. Bag‘dod. Iroq. / Foto: ReutersIftorlik. Dehlining Juma masjidi. Hindiston. / Foto: ReutersTarovih namozidagi ayollar. Jakarta. Indoneziya. / Foto: Reuters Muslima ayol. Jakarta. Indoneziya. / Foto: ReutersBosh kiyim sotib olayotgan odam. Peshovar. Pokiston. / Foto: Reuters Bosniyalik musulmonlar iftorlikni tog‘da qilish uchun yuqoriga chiqishmoqda. Bosniya va Hersegovina. / Foto: ReutersKanada bosh vaziri Jastin Tryudo Ramazon oyi munosabati bilan Kembrij masjidida musulmonlar bilan uchrashdi. Kanada. / Foto: Instagram / Justin Trudeau