14:30 / 21.04.2022
11810
Istanbulda portlash sodir bo‘ldi

Voqea joyida qo‘lbola portlovchi qurilma parchalari topilgan.

Foto: Videodan kadr

Istanbulning G‘oziusmonposhsho rayonidagi Yoshlar fondi binosi yaqinida portlash sodir bo‘ldi. Bu haqda Istanbul gubernatori ofisi xabar qildi.

Xabarga ko‘ra, voqea joyida qo‘lbola portlovchi qurilma parchalari topilgan.

Xavfsizlik xizmatining bildirishicha, bino derazalariga zarar yetgan, jarohatlanganlar va halok bo‘lganlar yo‘q.

Star gazetasining yozishicha, kuzatuv kameralarida shaxsi noma’lum ayol binoga kirgani va u yerda portlovchi qurilmani qoldirib chiqib ketgani qayd etilgan.

Politsiya gumonlanuvchini qo‘lga olish bo‘yicha operatsiya boshlagan.

Mavzuga oid
Top