08:28 / 21.04.2022
13164

Mahbuslarga bosim qilgan 7 nafar ichki ishlar xodimiga chora ko‘rildi

Foto: Kun.uz

Mahbuslarga bosim qilgani uchun 7 nafar ichki ishlar organlari xodimiga chora ko‘rilgan. Bu haqda Oliy Majlisning Inson huquqlari bo‘yicha vakili axborot xizmati ma’lum qildi.

2021 yil davomida ombudsman va uning huzuridagi jamoatchilik guruhlari tomonidan harakatlanish erkinligi cheklangan shaxslar saqlanadigan joylarga 177 marotaba monitoring tashrifi amalga oshirildi. 

Surishtiruv va dastlabki tergov harakatlari yuzasidan kelib tushgan shikoyatlar bo‘yicha ombudsman murojaatiga asosan Bosh prokuratura tomonidan olib borilgan o‘rganishlarga ko‘ra, jinoyat ishini qo‘zg‘atishni rad qilish haqidagi 32 ta qarorning barvaqt qabul qilingani aniqlanib, bekor qilingan, 16 ta holatda aybdor xodimlar harakatiga nisbatan xizmat tekshiruvi o‘tkazilishi ta’minlangan.

Prokuratura organlari tomonidan olib borilgan tergovga qadar tekshiruv yakunlariga ko‘ra, 11 ta shikoyat yuzasidan Jinoyat-protsessual kodeks 83-moddasi tegishli bandlariga asosan jinoyat ishi qo‘zg‘atishni rad qilish haqida qabul qilingan qarorlar ombudsman nazorat xatiga asosan yuqori turuvchi prokuratura organlari tomonidan bekor qilinib, qo‘shimcha tekshiruv harakatlari o‘tkazilgan. Shikoyatlar yuzasidan o‘tkazilgan xizmat tekshiruvi yakunlariga ko‘ra 4 ta holatda ichki ishlar organlari 7 nafar xodimiga nisbatan intizomiy ta’sir choralari qo‘llanilgan. 

Jazoni yoki ehtiyot chorasini yengillashtirish yuzasidan mahkumlar (mahbuslar) tomonidan kelib tushgan murojaatlar yuzasidan ombudsman xatiga asosan 13 ta murojaat bo‘yicha tegishli sudlar tomonidan 59 nafar mahkumga nisbatan tayinlangan jazolar yengilrog‘iga almashtirilgan va 2 nafar mahbusning ehtiyot choralari o‘zgartirilgan.

Top