18:22 / 21.04.2022
9572
“Manzil”: Cho‘ldan chiqqan chempionlar qishlog‘i – Alami

Chekka qishloqda yashovchi va sportga mehr qo‘ygan yoshlarni qiyin sharoitdan mamlakat yoki dunyo chempionatlariga olib chiqadigan murabbiylar haqida motivatsiya beradigan filmlarni ko‘p ko‘rganmiz. Voqeliklarni ko‘rib, ha, bu kinoda desangiz kerak. “Manzil” loyihasining bu galgi qahramoni va u yashovchi hudud shunday filmlarni to‘liq eslatib yuboradi.

Tuman markazidan salkam 40 km uzoqda joylashgan olis, cho‘l orasidagi qishloqdan chempionlar chiqishini hech kim o‘ylamagan. Lekin murabbiy Shuhratjon Nishonovning fidoyiligi va o‘z kasbiga mehri tufayli shunday hududdan ham g‘olib sportchilar chiqishni boshlagan.

Qishloqqa keladigan bo‘lsak, Alami qishlog‘i Sirdaryoning chap sohilida, Mingbuloq tumanining cho‘l hududida joylashgan. Qishloq aholisi katta qismi qadimda Qoraqalpog‘istondan ko‘chib kelgan mang‘it urug‘iga mansubdir. Aholi asosan dehqonchilik bilan shug‘ullanadi. Qishloq joylashuv jihatidan tumanning eng olis hududi hisoblanadi.

Safarimiz Ramazon oyiga to‘g‘ri kelgani uchun kelishimizni bilib iftorlik uchun butun bir oila tayyorgarlik ko‘rgan ekan. Ko‘k somsa deysizmi, patir, qo‘lbola palov va samimiy insonlar suhbati. Bularning bariga ko‘rsatuvni ko‘rib amin bo‘lasiz.

Mavzuga oid
Top