07:52 / 21.04.2022
8130
Mart oyida eng ko‘p qaysi avtomobil ishlab chiqarilgani ma’lum qilindi

Mart oyida eng ko‘p “Cobalt” avtomobili ishlab chiqarilgan. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi ma’lum qildi.

Foto: UzAuto Motors

Qo‘mita xabariga ko‘ra, avtomobil ishlab chiqarish sanoatida 2022 yilning mart oyida ishlab chiqarilgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha “Cobalt” yetakchilik qilmoqda - 8 405 dona.

Ushbu ko‘rsatkich qolgan avtomobillar kesimida quyidagicha ko‘rinishga ega:

  • “Damas” - 8 046 dona;  
  • “Lacetti-Gentra” - 7 099 dona;
  • “Nexia T-250” - 3 670 dona; 
  • “Spark” - 1 604 dona.

Bundan oldin O‘zbekiston aholisida qaysi rusumdagi avtomobillar soni eng ko‘pligi ma’lum bo‘lgandi.

2022 yilning 1 yanvar holatiga O‘zbekistonda jismoniy shaxslarga tegishli bo‘lgan eng ommalashgan yengil avtomobillar soni bo‘yicha “Nexia” yetakchilik qilmoqda - 687 164 dona.

Mavzuga oid
Top