14:18 / 21.04.2022
13885
Rossiya qo‘shinlari Kramatorsk tomon yo‘l oldi – London

Avvalroq Vladimir Putin Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emasligini aytib, shturmni bekor qilishni buyurgandi.

Foto: Reuters

Rossiya qo‘shinlari Donbassdan Kramatorsk tomon harakatlanmoqda, deb ma’lum qildi Buyuk Britaniya mudofaa vazirligi.

Vazirlikning ma’lumot berishicha, Rossiya aviatsiyasining yuqori darajadagi faolligi saqlanib qolmoqda. 

"Aftidan, Rossiya 9 may g‘alaba bayrami arafasida sezilarli yutuqlarga erishganini namoyish etishga urinmoqda", - deyiladi Britaniya mudofaa vazirligi xabarida. 

21 aprel kuni Rossiya prezidenti Vladimir Putin mudofaa vaziri Sergey Shoygu bilan uchrashuvida Mariupoldagi sanoat zonalarini shturm qilish maqsadga muvofiq emasligini aytib, uni bekor qilishni buyurdi.

Shoygu “Azovstaldan tashqari butun Mariupol rossiyalik harbiylar nazoratiga o‘tganini ma’lum qilgan.

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top