18:54 / 22.04.2022
11642
Makron Ukrainaga artilleriya qurilmalari yetkazib berilishini ma’lum qildi

Avvalroq AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga jami qiymati 800 mln dollarni tashkil etadigan yangi harbiy yordam paketi ajratilishi haqida e’lon qilgandi. 

Foto: Wikipedia

Fransiya Ukrainaga Caesar o‘ziyurar artilleriya qurilmalari va Milan tankka qarshi raketa tizimlarini yetkazib beradi. Bu haqda Fransiya prezidenti Emmanuel Makron Ouest-France gazetasiga bergan intervyusida aytdi.

Nashrning o‘z manbalariga tayanib xabar berishicha, Ukrainaga hozirda Fransiya qurolli kuchlari foydalanayotgan 12ta ana shunday qurilma beriladi. Caesar 40 km masofadagi nishonni yo‘q qila oladi.  

21 aprel kuni AQSh prezidenti Jo Bayden Kiyevga jami qiymati 800 mln dollarni tashkil etadigan yangi harbiy yordam paketi ajratilishi haqida e’lon qildi.  

Politico nashri o‘zining Pentagondagi manbasiga tayanib yozishicha, harbiy yordam paketidan 72ta 155 mm kalibrli gaubitsa va 144 ming snaryad, gaubitsalar uchun 72ta shatakchi, Phoenix Ghost taktik dronlari, dala artilleriyasi uskunalari va ehtiyot qismlar o‘rin olgan. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Mavzuga oid
Top