10:20 / 22.04.2022
2532

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri tayinlandi

Foto: Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vazirligi

Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri vazifasini bajaruvchi lavozimiga Reimbayev Adilbek Ruzimuxammadovich tayinlandi. Bu haqda vazirlik matbuot xizmati xabar berdi.

Mehnat faoliyati davomida u Qoraqalpog‘iston Respublikasi Jo‘qorg‘i Kengesi Apparati tashkiliy-nazorat bo‘limi boshlig‘i o‘rinbosari, Quyi Amudaryo irrigatsiya tizimlari havza boshqarmasi boshlig‘i o‘rinbosari, «Paxtaarna-Nayman» irrigatsiya tizimi boshqarmasi boshlig‘i, Qoraqalpog‘iston Respublikasi suv xo‘jaligi vaziri o‘rinbosari lavozimlarida ishlagan.

Adilbek Reimbayev 2020 yildan hozirgi kungacha O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti huzuridagi Davlat xizmatini rivojlantirish agentligi Qoraqalpog‘iston Respublikasi filiali rahbarining o‘rinbosari lavozimida faoliyat yuritib kelayotgan edi. 

Mavzuga oid
Top