12:00 / 22.04.2022
7465
Ramazon oyida ro‘za tutishda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi nima uchun muhim - SPLAT’dan maslahatlar
Foto: SPLAT

Muborak Ramazon oyi har bir musulmon uchun o‘z hayotini to‘g‘rilash, uni yangidan boshlash, qalbi va ongini nobop fikr hamda amallardan tozalashga yaxshi imkoniyatdir. Ro‘zadorlarning foydali ilm olishlari, savobli amallarni bajarishlari oson bo‘lishi uchun tana sog‘lom, baquvvat, qiyinchiliklarga bardoshli bo‘lishi kerak.

Bu davrda ro‘za tutuvchilarning ko‘pi kun davomida og‘iz bo‘shlig‘iga g‘amxo‘rlik qilishda qiyinchiliklarga duch keladilar. Ochlik tufayli tana stressga uchrab, tiklanish uchun zaxiralarni sarflaydi. Bu, shuningdek, tishlar sog‘lig‘iga, xususan, umumiy og‘iz gigiyenasiga ta’sir qiladi. Tabiiy gigiyena vositalarini ishlab chiqarish va sotish bo‘yicha jahon yetakchisi bo‘lgan SPLAT kompaniyasiga ijtimoiy tarmoqlar orqali ro‘za tutish vaqtida og‘iz bo‘shlig‘iga qanday g‘amxo‘rlik qilish kerakligi haqida ko‘plab savollar kelib tushadi.

Musulmonlar uchun muhim bo‘lgan ushbu davrda ro‘zadorlar quyidagi muammolarga duch keladilar:

— ochlik va tanadagi suyuqlik yetishmovchiligi tufayli paydo bo‘ladigan yoqimsiz hid;

— og‘iz bo‘shlig‘ining qurishi tufayli mikroblarning ko‘payishi;

— birinchi va ikkinchi tish tozalash o‘rtasidagi vaqt oralig‘i ba’zan 18 soatga yetadi.

Tish pastasini tanlash

Tishlarni avaylab hamda xavfsiz parvarish qilishni ta’minlaydigan tish pastasini tanlashga alohida e’tibor qaratish kerak. SPLAT kompaniyasi mahsulotlarining «Halol» standartlariga javob beradigan bo‘lishi va tarkibida harom ingrediyentlar bo‘lmasligiga alohida e’tibor beradi. Buni Muftiylar Kengashi raisi, shuningdek, Rossiya musulmonlari diniy boshqarmasining muvofiqlik sertifikatlari tasdiqlaydi.

SPLAT tish pastalarining afzalliklari

Har bir SPLAT mahsuloti o‘ziga xos bo‘lib, barcha o‘zi uchun mos bo‘lgan mahsulotni topa olishi uchun og‘iz bo‘shlig‘idagi muayyan muammolarni hal qilishga qaratilgan.

Bio Sp.White System® noyob innovatsion kompleksi tufayli SPLAT tish pastalari og‘iz bo‘shlig‘ining samarali himoyasini ta’minlaydi, papain fermenti va silliqlash zarralari ta’sirida tish emalini oqartiradi, uzoq muddatli musaffolikni, shuningdek, tishlarda kun davomida qatlamlar hosil bo‘lmasligini kafolatlaydi.

Masalan, SPLAT Professional seriyasi — bu og‘iz bo‘shlig‘ini kundalik parvarish qilish uchun mo‘ljallangan professional mahsulot bo‘lib, ro‘za tutish davrida tishlaringizga g‘amxo‘rlik qilishga yordam beradi.

SPLAT Professional tish pastalari sezgir emalni oqartirish uchun ham mos keladi. Pasta tarkibidagi yumaloq silliqlash zarralari tishlardagi tozalash qiyin bo‘lgan joylarda qatlamlarni parchalaydi va tishlarning sirtini mukammal silliq qiladi. Tabiiy antibakterial komponentlar qatlamlarning shakllanishiga to‘sqinlik qiladi va nafasning musaffo bo‘lishini ta’minlaydi. Kaliy ionlari tishlarning yuqori sezuvchanligini kamaytiradi. Ftorid ionlari kariyesdan samarali himoya qiladi.

Tishlarni to‘g‘ri tozalash

Ushbu muammolarni hal qilish uchun SPLAT mutaxassislari, birinchi navbatda, iftorlik va saharlikdan keyin og‘iz bo‘shlig‘ini oziq-ovqat qoldiqlaridan tozalash uchun 2 daqiqa vaqt ajratishni tavsiya qiladi.

Oddiy maslahatlarga amal qilish va SPLAT halol mahsulotlarini tanlash orqali ro‘zadorlar Ramazonda og‘iz bo‘shlig‘i gigiyenasi bilan bog‘liq muammolarni sezilarli darajada kamaytirishlari mumkin.

SPLAT kompaniyasi barcha ro‘zadorlarga sabr-toqat va iymon-e’tiqod tilaydi, barchaning tutgan ro‘zasi va bajargan ezgu amallarini Alloh qabul qilishini, xonadonlarda doimo tinchlik, ahillik, baxt va hamjihatlik hukm surishini tilaydi.

O‘zbekistonda SPLAT

Tish pastalarining assortimenti bilan splatglobal.com/ru rasmiy saytida tanishishingiz, mahsulotlarni esa O‘zbekistondagi Korzinka, Makro, Magnum, Carrefour supermarketlar tarmog‘i va yirik chakana savdo do‘konlarida xarid qilishingiz mumkin.

Agar sizda qo‘shimcha savollar bo‘lsa, SPLAT mutaxassislariga ijtimoiy tarmoqlar orqali yo‘llang.

Instagram: www.instagram.com/splat.uz

Reklama huquqi asosida

Top