22:09 / 23.04.2022
9392
Polsha Ukrainaga 1,6 mlrd dollarlik harbiy yordam berdi

Polshadan Ukrainaga qurollar asosan avtomobillarda yetkazilmoqda.

Foto: Reuters

Polsha bosh vaziri Mateush Moravetskiy Ukrainaga 1,6 mlrd dollarlik harbiy yordam berilganini ma’lum qildi. 

«Bu Ukraina, Polsha va Yevropa suverenitetini saqlaydi»,— deyiladi Polsha hukumati matbuot kotibi Petr Myullerning xabarida.

Polsha Ukrainaga qurol yetkazib berishni fevral oxirlarida boshlagandi.

Polityka jurnalining yozishicha, Polshadan Ukrainaga qurollar asosan avtomobillarda yetkazilmoqda.

Mamlakat Ukrainaga o‘qotar qurollar, raketaga qarshi majmualar, Javelin va Stinger zenit-raketa majmualari, zirhli nimchalar va tibbiy jihozlar yetkazib bermoqda. 

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top