23:33 / 23.04.2022
11588
Zelenskiy Kiyevga AQSh davlat kotibi va mudofaa vaziri tashrif buyurishini ma’lum qildi

Vladimir Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda prezident Jo Baydenning Ukrainaga tashrifi masalasi ko‘tarilishi mumkin. 

Foto: Reuters

AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin 24 aprel kuni Kiyevga tashrif buyuradi. Bu haqda Ukraina prezidenti Vladimir Zelenskiy ma’lum qildi.

"Ertaga Kiyevga AQSh vakillari uchib keladi, men AQSh davlat kotibi janob Blinken va mudofaa vaziri bilan uchrashaman", - dedi u.

Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, uchrashuvda prezident Jo Baydenning Ukrainaga tashrifi masalasi ko‘tarilishi mumkin.

Ukraina prezidentining qayd etishicha, "Ukrainaga zarur qurollar ro‘yxati va ularni yetkazib berish sur’ati muhokama qilinadi".

Mavzu
Ukraina inqirozi
2021 yil davomida Rossiya Ukraina bilan chegarada qo‘shin to‘pladi. So‘nggi vaqtlarda mintaqada vaziyat keskinlashmoqda.
Barchasi
Top