Odessaga hujum, metrodagi Zelenskiy va erining jasadini izlayotgan ayol. Urush suratlari
Urushning 59-kunida Odessaga Rossiya raketalari kelib tushdi - sakkiz kishi halok bo‘lgan, ular orasida uch oylik chaqaloq ham bor. Odamlar Ukraina shaharlaridan evakuatsiya bo‘lish yo‘llarini izlashda davom etmoqda. Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyevdagi metro bekatida matbuot anjumani o‘tkazdi.
Odessada Rossiya tomoni yo‘llagan zarba kelib tushgan ko‘p qavatli uydan omon chiqqan oila a’zolari. Foto: Timofey Melnikov
Ukrainadagi urush: so‘nggi ma’lumotlar
Odessada turar joy kvartaliga raketa zarbasi kelib tushdi. Rossiya shahar hududiga raketa yo‘llangani faktini tasdiqlagan, ammo G‘arb qurollari saqlanuvchi logistik terminalga zarba yo‘llanganini aytgan;
Ukraina prezidenti Volodimir Zelenskiyning ma’lum qilishicha, Odessa o‘qqa tutilishi oqibatida kamida sakkiz kishi halok bo‘lgan, jumladan uch oylik bola ham;
Shanba kuni Zelenskiy Kiyevdagi metro bekatlaridan birida matbuot anjumani o‘tkazdi. U qanday holatlarda Ukraina Rossiya bilan muzokaralardan chiqishini ma’lum qildi: agar «Mariupoldagi odamlarimiz o‘ldirilsa» yoki bosib olingan hududlarning birortasida referendum e’lon qilinsa;
Shuningdek, Zelenskiy yakshanba kuni Kiyevga AQSh davlat kotibi Entoni Blinken va mudofaa vaziri Lloyd Ostin tashrif buyurishini anons qildi;
Mariupoldan tinch aholini evakuatsiya qilish yana barbod bo‘ldi. Ukraina hukumati bunga rossiyalik harbiylarning harakatlari sabab bo‘lganini bildirgan. DXR kuchlari esa bunda «Azovstal» zavodi himoyachilarini ayblagan.
Lugansk oblastida otishmalar davom etmoqda, Donetskda - tutashuv chizig‘ida faol harbiy harakatlar kechmoqda, Mariupolga - aviatsiya zarbalari berilmoqda. Dnepropetrovsk oblastida temiryo‘l infratuzilmasi va sanoat korxonalariga uchta raketa zarbalari kelib tushdi. Bir kishi qurbon bo‘lgani aytilmoqda. Xarkov oblastida tun bo‘yi otishmalar davom etgan, uch kishi jabrlangan. Xerson oblastida gumanitar halokat yoqasida turgan aholi punktlarini o‘qqa tutish davom etmoqda.
Quyida Ukrainada 23 aprel kuni olingan asosiy suratlar:
Odessa
Bombardirovka oqibatida shikastlangan uy binosi. RF mudofaa vazirligi hujumdan maqsad xorijliklar qurollarining «yirik partiyasi» joylashtirilgan «harbiy aerodromdagi logistik terminal» bo‘lganini aytgan.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETAOdessaning rossiyaliklar zarbasiga uchragan rayonini tark etayotgan yigit.
Oleksandr Gimanov / AFP / Scanpix / LETAOdessa aholisi o‘z uylari oldida. Dastlabki ma’lumotlarga ko‘ra, shaharga raketa zarbalari berilishi oqibatida sakkiz kishi halok bo‘lgan, jumladan bir oilaning uch vakili - buvi, ona va uch oylik chaqaloq. Yana 18 kishi yaralangan.
Max Pshybyshevsky / AP / Scanpix / LETA
Zaporojye oblasti
Mirnoye posyolkasida (Melitopol rayoni) Rossiya nazoratiga o‘tgan hududlardan kelgan aholi evakuatsiya punktida ro‘yxatga olishlarini kutmoqda.
Chris McGrath / Getty ImagesMalaya Tokmachka qishlog‘i aholisi doimiy zarbalarga qaramay dalada ishlashda davom etmoqda. Bu erkak boradigan joyi yo‘qligi uchun qishloqdan ketishni istamagan.
Ed Jones / AFP / Scanpix / LETAZaporojyega Mariupoldan kelgan ayol. Rossiyalik harbiylar ishg‘ol etgan shaharda yana 100 ming atrofida kishi qolgan.
Roman Pilipey / EPA / Scanpix / LETA
Kiyev oblasti
Bug‘doy dalasida portlamay qolgan raketa.
Emilio Morenatti / AP / Scanpix / LETAZarbaga uchragan uylardan birining darvozasi.
Zohra Bensemra / Reuters / Scanpix / LETAUkraina prezidenti Volodimir Zelenskiy Kiyev metrosidagi metro bekatlaridan biriga matbuot anjumani uchun kelmoqda.
John Moore / Getty ImagesAyol Buchada eksgumatsiya qilingan jasadlar ortilgan refrijyeratorga qarab turibdi. U ikki haftadan buyon erining jasadini qidirmoqda — jasadlarni ko‘zdan kechirish uchun niqob va qo‘lqop taqqan.
Sergei Supinsky / AFP / Scanpix / LETAGostomelda vayron qilingan uy. Shahar urushning ilk kunlaridayoq bombalangan — bu yerda strategik ahamiyatga ega bo‘lgan «Antonov» aeroporti joylashgan. Gostomel aprel oyi boshiga kelib rossiyalik harbiylardan ozod etildi
Vladyslav Musiienko / Reuters / Scanpix / LETA
Xarkov
O‘t o‘chiruvchilar Xarkovda Rossiya harbiylari zarbalaridan keyin yong‘in chiqqan omborxona hududida ishlamoqda.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETARossiya bilan hamkorlik qilishda gumonlangan shaxsni tergov qilish uchun kelgan ukrainalik harbiy xizmatchi.
Felipe Dana / AP / Scanpix / LETAArtilleriya bilan ketayotgan ukrain harbiylari
Jorge Silva / Reuters / Scanpix / LETA
Donbass shimoli
Rubejnoye shahri o‘qqa tutilishidan keyin ko‘tarilgan tutun. Surat o‘n kilometr masofadagi Privolyadan turib olingan.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETALisichanskdagi bunkerning kirish qismida turgan odamlar.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETA
Blokpostda dam olish vaqtida kitob o‘qiyotgan ukrainalik askar
Lisichanskdagi terrikon (konlardan chiqqan yaroqsiz jismlar uyumi) tepasiga o‘rnatilgan Ukraina bayrog‘i.
Yasuyoshi Chiba / AFP / Scanpix / LETAUkrain harbiylari razvedka maqsadida qo‘llanadigan periskop bilan
Serhii Nuzhnenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mariupol
Vayronaga aylangan Mariupol. Shu kunlarda rossiyalik harbiylar shahar ustidan nazorat o‘rnatilganini aytishdi. «Azovstal» zavodi hududi qarshilikning so‘nggi o‘chog‘i bo‘lib qolmoqda, bu yerda ukrainalik harbiylardan tashqari tinch aholi vakillari ham bor
Alexander Ermochenko / Reuters / Scanpix / LETA
Mahalliy aholi quduqdan suv chiqarib olmoqda
Anatoliy Jdanov / Kommersant’
Mariupol o‘qqa tutilishi oqibatlari. Prezident Zelenskiyning so‘zlariga ko‘ra, shahardagi binolarning 95 foizi yakson etilgan
Petr Kovalev / TASS