09:19 / 24.04.2022
7189
Toshkentda Nexia-3 piyodani urib ketdi

20 yoshli piyoda yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tayotgan bo‘lgan.

Foto: Toshkent shahar IIBB

Toshkent shahri Yunusobod tumanida Nexia-3 avtomobili yo‘ldan o‘tayotgan piyodani urib ketdi.

Toshkent shahar IIBB xabarida qayd etilishicha, 2022 yil 22 aprel kuni soat, taxminan, 00:50 da Yunusobod tumani THAY ko‘chasi, G.Abdullayev bekati qarshisida haydovchi D.R. Nexia-3 avtomashinasini boshqarib ketayotib, yo‘l qatnov qismining belgilanmagan joyidan o‘tayotgan piyoda (2002 yilda tug‘ilgan) X.S.ni urib yuborgan.

Oqibatda piyoda olgan tan jarohatlari sababli voqea joyida vafot etgan.

Mazkur holat yuzasidan Toshkent shahar IIBB huzuridagi Tergov boshqarmasi tomonidan Jinoyat kodeksining 266-moddasi 2-qismi (odam o‘limiga sabab bo‘lgan transport boshqarish xavfsizligi qoidalarini buzish) bilan jinoyat ishi qo‘zg‘atilgan. Hozirda tergov harakatlari olib borilmoqda.

Mavzuga oid
Top