11:51 / 25.04.2022
5281
Hafta davomida asosan quruq va issiq ob-havo bo‘lishi kutilmoqda
Foto: Kun.uz

Bugun respublika hududining katta qismida kam bulutli ob-havo bo‘lishi kutilmoqda. Bu haqda “O‘zgidromet” xabar berdi.

Farg‘ona vodiysi viloyatlarida atmosfera fronti o‘tishida ba’zi joylarda qisqa muddatli yomg‘ir yog‘adi, momaqaldiroq bo‘lishi mumkin. Tog‘li hududlarda ba’zi joylarda kuchli yomg‘ir yog‘ishi ehtimoli bor. Momaqaldiroq paytida shamol 17-22 m/s gacha kuchayadi. Respublikaning ayrim tog‘oldi va tog‘li hududlarida sel-toshqin hodisalari kuzatilishi mumkin. Kunduzi havo harorati 24-28 daraja issiq atrofida bo‘ladi.

Ish haftasining oxirigacha O‘zbekiston bo‘yicha asosan quruq va iliq ob-havo kuzatiladi. Faqat 27 aprelda markaziy va sharqiy viloyatlarning ayrim tumanlarida ba’zi joylarda asosan jadalligi biroz bo‘lgan qisqa muddatli momaqaldiroqli yomg‘ir yog‘ishi mumkin.

27 aprelda shimolda va cho‘l hududlarida, 28 aprelda respublika bo‘yicha ba’zi joylarda shamol 17-22 m/s gacha kuchayishi mumkin.

Hafta o‘rtasiga kelib, Eron hududlaridan issiq havo massasi kirib kelishi hisobiga kunduzgi havo harorati 27-32 daraja issiqqacha ko‘tariladi.

Top