11:18 / 25.04.2022
5412

O‘zbekiston elektromobillar importini 5,4 barobarga oshirdi 

Uch oyda 455 ta elektromobil import qilindi. Bu haqda Davlat statistika qo‘mitasi xabar bermoqda.

Foto: Megawatt Motors

Qo‘mitaning dastlabki ma’lumotlariga ko‘ra, 2022 yilning yanvar-mart oylarida O‘zbekiston 9 ta xorijiy davlatdan qiymati 13,5 mln AQSh dollariga teng bo‘lgan 455 ta elektromobil import qilgan.

Qayd etilishicha, elektromobil importi 2021 yilning mos davriga nisbatan 370 taga yoki 5,4 barobarga oshgan.

2022 yilning dastlabki 3 oyida O‘zbekiston asosan quyidagi davlatlardan elektromobillarni import qilgan:

  • Xitoy – 426 ta;
  • Germaniya – 13 ta;
  • Hongkong – 7 ta;
  • BAA – 3 ta;
  • Estoniya – 2 ta;
  • AQSh – 1 ta;
  • Kanada – 1 ta.
Mavzuga oid
Top